Yangiliklar

1 MLRD. DAN OSHIQ QARZDOR JAVOBGAR BO`LADI...(MI?)

Поделиться:

Soliqlar mahalliy budjet daromadlarini to‘ldirib, hududlarni rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlam vakillarini qo‘llab-quvvatlash kabi ezgu maqsadlarga sarflanadi. Buni to‘g‘ri anglagan fuqarolar soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarish bilan birga, yurtimiz taraqqiyoti, uning rivoji uchun o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.


Lekin, besh qo‘l barobar bo‘lmagani kabi bugun belgilangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamay, davlat oldida qarzdorlikni keltirib chiqarayotgan shaxslarning borligi achinarli.


Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi tomonidan soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan olib borilayotgan xatlov tadbirlarida aynan shu haqida so‘z yuritiladi.


Qarshi shahridagi “SUXROB SARDOR QURILISH” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bugungi kunda soliqlardan qarzdorligi 1 mlrd. 26 mln. so‘mni tashkil etmoqda.


Korxona rahbari qonunchilikka muvofiq bir necha marotaba ogohlantirilishi, soliq qarzini to‘lashi lozimligi haqida talabnoma berilishiga qaramay uni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rmagan. Natijada korxonaga tegishli mulklar xatlandi.
Keyingi manzilimiz Qarshi shahridagi “STANDART-PRIBOR” mas’uliyati cheklangan jamiyati bo‘ldi. Bugungi kunda korxonaning soliqlardan qarzi 158 mln. so‘mdan ortiqni tashkil etmoqda. Korxona rahbariga soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik qanday oqibatlarni keltirib chiqarishi tushuntirildi. Natijada soliq qarzi to‘lab berildi.


Qarshi shahridagi “SHIRIN NIYAT BARAKA” mas’uliyati cheklangan jamiyatining soliqlardan qarzi 352 mln. so‘mdan ortiqni tashkil etmoqda. E’tibor qarating. Korxona rahbariga soliq qarzini uzish yuzasidan 2024 yilning 4 mart sanasidan 26 mart sanisigacha bo‘lgan muddatda Soliq kodeksning tegishli moddalariga asosan, 6 marotaba talabnoma yuborilgan. Lekin, soliq qarzi to‘lanmagan. Tadbir davomida mas’ullariga bu borada tushuntirishlar berildi va korxonaga tegishli xonalar muxrlandi.
Lekin, soliq qarzi to‘lanmadi.


Korxonaga soliq idorasi xodimlarning navbatdagi tashrifi davomida muhrlangan xonalar buzib ochilgani ma’lum bo‘ldi. Korxona rahbari esa soliq xodimlari faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, ularni turli nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlashga o‘tib ketdi.
Soliq idorasi xodimlari tomonidan tashkilot binosi temir qulflar bilan yopildi va muxrlandi.
Bugun davlatimiz tomonidan tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilgan. Ularga imtiyozlar berilgan. Nahotki, tadbirkorlarning bunga rahmati shu bo‘lsa. Xatlov tadbirlari davom etadi.


 

Kalendar

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
O'ZBOSHIMCHALIK OQIBATI
24-05-2024, 17:00
img
ISLOHOT VA SAMARA
3-05-2024, 16:27
img
QIMMATNING QILIQLARI...
1-06-2024, 15:47
Оцените работу движка