O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashi sharligi qayd etilgan. Lekin bugungi kunda o‘zlarining konstitutsiyaviy burchlarini bajarmay kelayotgan shaxslar ham uchramoqda. Hozir shu haqda...
Soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmayotgan shaxslardan soliq qarzini undirish bo‘yicha Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi rahbariyatining tegishli qaroriga asosan viloyatimizda xatlov tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Qarshi shahridagi "Beshkent paxta tozalash" mas’uliyati cheklangan jamiyatisining soliqlardan qarzi 425 millionni tashkil qiladi. Xatlov tadbiri davomida jamiyatga tegishli bo‘lgan Kia Kadenza rusumli avtomashinasi xatlab olindi va jarima maydoniga qo‘yildi. Ko‘rilgan choralar natijasida jamiyat tomonidan 200 million so‘m soliq qarzi to‘lab berildi.
“Nasaf temir yo‘l kompleks qurilish” ma’suliyati cheklangan jamiyatining esa soliqlardan qarzi 607 million so‘mni tashkil etadi. Xatlov jarayonida jamiyatgan tegishli bo‘lgan Kobalt rusumli yengil avtotransport vositasi va Isuzu rusumli avtobusi xatlab olindi va jarima maydoniga qo‘yildi.
Shuningdek, "QARSHI NON QANDOLAT" mas’uliyati cheklangan jamiyatining soliqlardan qarzi 311 millionni tashkil etadi. Tadbirkor mavjud soliq qarziga nisbatan loqaydlarcha qarab kelgan. Soliq qarzi to‘lanmay kelinayotgani uchun mazkur tadbirkorlik subyektiga tegishli savdo va xizmat qo‘rsatish shahobchasiga mo‘ljallangan bino xatlab olindi va muhrlandi.
Qamashi tumanida faoliyat yurituvchi “AS Qashqadaryo servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatining esa soliqlardan mavjud qarzdorligi 200 million so‘mni tashkil etib, tadbirkor tomonidan soliq qarzdorligini to‘lash uchun hach qanday harakat qilinmagan. Xatlov tadbiri jarayonida tadbirkorlik subyektining Ekunoks rusumli avtomashinasi xatlandi va jarima maydoniga qo‘yildi.
Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi “Nazira” xususiy korxonasining soliqlardan 120 mln.so‘m qarzi mavjud bo‘lib, soliq qarzi yuzasidan xatlov jarayonida jamiyatga tegishli bo‘lgan noturar bino xatlandi va muxrlandi.
Soliqlar mahalliy budjet daromadlarini to‘ldirib, yurtimiz taraqqiyoti, uning obodligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, aholining ijtimoiy muhofazasiga xizmat qiladi. Shunday ekan, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang, aks holda xatlov tadbirlari davom etadi.
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |