Yangiliklar

BIR XATO IZTIROBI

Поделиться:

Jinoyat kim tomonidan sodir etilmasin, jinoyat va unga nisbatan muqarrar javobgarlik bor. Ammo ayollarning jinoyatga qo‘l urishini jamiyatimiz doimo og‘riq bilan qabul qilib kelgan. Boisi, biz nozik hilqat deb qadrlaydigan ayollarimizni doimo nurli chehralarda tarannum etishga odatlatganmiz. Biroq hayot yo‘llarida bilib bilmay jinoyatga tqo‘l urgan ayollar ham uchrashi tabiiy hol.

Ko‘zlarini yerdan uzolmay, hatto ko‘rinish berishdan iymanib turgan bu ayol qalbidan kechirayotgan tuyg‘ulari faqatgina o‘ziga ayon. Birgina xato uni qarindosh urug‘, mahalla ko‘y o‘rtasida izza qilarkan, tayinlangan jazoni o‘tash bundanda og‘ir bo‘lgani shubhasizdir.

Ayolga odatdagidek nazoratga kelish xabari jo‘natilgandi. Garchi uning pushaymonligi, tuzalish yo‘liga o‘tganligi bois muddatidan avval ozod bo‘lishi mumkinligidan xabardor bo‘lsak-da, ayol bundan bexabar ekan.


Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumani sudining tuman ichki ishlar binosida bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida probatsiya nazoratida jazo o‘tab kelayotgan bir guruh mahkumlarni muddatidan avval ozod qilish yuzasidan sud majlisi bo‘lib o‘tarkan, ozod etilganlar orasida qahramonimizning ham ismi o‘qildi.


Jinoiy qilmishi ortidan turli muddatlarga javobgarlikka tortilgan bu mahkumlarga tayinlangan jazo chetdan qaraganda yengil tuyulishi mumkin. Biroq jazoni o‘tashga bepisandlik qilish og‘irroq jazo tayinlanishiga olib kelishi ehtimoldan holi emas. Sud davomida mahkumlarga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar muhokamasida ushbu jihatlar xususida ham tushuntirishlar berib o‘tildi.


Insonparvarlik dalolatnomasi asosida chiqarilgan ajrimlar tufayli yana bir qator oilalarga quvonch qaytdi. Bir guruh shaxslar ozodlik havosidan nafas ola boshladi. Albatta bularning bari mamlakatimizda inson qadrini oshirish yo‘lida olib borilayotgan ijobiy ishlarning amaliy namunasidir.

Muxbir: Shavkat Aminov
Operator: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz
Оцените работу движка