Yangiliklar

MAHALLA OBODLIGI UCHUN HARAKATLAR

Поделиться:

Qamashi tuman Elabod MFYga qarashli Katta Arab qishlog’ida yillar davomida yaxshi bir odat shakllanib kelmoqda. Bu esa ma’lum bir yilda tavallud topgan sinfdosh yigit va qizlar imkoniyatlaridan kelib chiqib pul yig’ishadi va bu summani mahalla obodligi uchun sarflashadi. Ana shunday hayrli ishlardan biri manzildagi 1985 yilda tug’ilgan yigitlar tamonidan qishloqda deyarli 3 km yo’l chetidagi kichik yo’lakchalarni yotqizish bo’ldi.


Shuningdek qishloq aholisining birdamligi sababli tashabusli buydjetning 2023 yilgi mavsumida ichki yo’llar tamiri loyihasini ham yutub olishdi. Biroq manzildagi 33-sonli maktabning tamirtalab haroba ahvolga kelib qolgani Katta Arabliklarda katta havotir tug’dirmoqda.


Manzildagi maktabda 500-ga yaqin o’quvchilarga 40-dan oshiq o’qituvchilar ta’lim beradi. Yog’ingarchilik kunlarda maktab honalaridan chakki o’tsa, ustiga-ustak darslik kitob qo’llanmalari ham yetishmasligi bir muammo demoqda aholi vakillari.


Katta muammolar qurshovida qolib ketgan 5000 ga yaqin aholi vakillarini manzildagi sim yag’ochlarini chirib borayotgani, yangi transformator va yangi qishloq vrachlik punkti yo’qligi, bu holatlar esa tuman va viloyat masullari e’tiboridan chetda qolib ketayotgani ranjitmoqda.


Tuman markazidan deyarli 10 km uzoqlikda joylashgan qishloqga mas’ullarni chaqirdik. Dastlab nurab borayotgan maktab binosi haqidagi savollarimizga javob oldik.


Shuningdek tuman hokimligining qo’shimcha qilishicha shu kunlarda qishloqga yangi transformator beriladi. Agarda berilgan va’dalar amalga oshsa 33-sonli maktabning 300 o’rinli eski binosi qayta umumiy ta’mirlanadi va 240 o’rinli yangi maktab binosi quriladi.


Muxbir: G’olib Amirov

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
KITOB - ALBOM TAQDIMOTI
6-06-2024, 16:33
img
O G RILAR BEGONA EMASDI
6-04-2024, 13:45
img
NO COMMENT:
6-06-2024, 16:09
Оцените работу движка