Yangiliklar

QISHLOQQA BO`RI ORALAGANI ROSTMI?

Поделиться:

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida och bo‘rilar odamlar chorvasiga zarar keltirilayotgani va xabarlarda ilova qilinayotgan videolarda shahrisabz tumanidagi vaziyat ekanligi ta’kidlanarkan, holatga oydinlik kiritish maqsadida manzilda bo‘ldik. Tumanning Yangi hayot mahallasiga kirib borishimiz bilan bo‘rilar ovozasi butun mahallani hamon xavotirga solib turganini angladik.


Odamlar bir oylar avval, xonadonlardagi chorvalarni noma’lum yirtqich nobud qila boshlaganini aytarkan, keyinchalik uni ko‘rganlar tashqi ko‘rinishidan bo‘riga o‘xshatishadi. Keyingi kunlarda esa, yirtqich qishloq markazidagi uylargacha kirib boradi. 29 aprel kuni ikkita qo‘yini bo‘g‘izlagan yirtqichni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan Saksonkapalik Gulshan Erdonova holatni shunday izohladi. 


Qishloq yaqinidan Tanxozdaryo oqib o‘tgan bo‘lib, atrofi qamishzor va jarliklardan iborat. Odamlar, yirtqichlar shu hududlarni makon qilganini tahmin qilib, uni izlay boshlashadi. Kelganimizda jarlik atrofidagi texnika izini va yoqib yuborilgan tikanzorga ko‘zimiz tushdi. Hamrohlarimiz yirtqichni cho‘chitish uchun olov yoqishganini, jarlikdagi chuqurdan ikkita o‘lik holdagi noma’lum hayvon bolasi topilganini aytisharkan, ularning bo‘riga unchalik o‘xshamasligini, aniqlik kiritish maqsadida olib ketilganini bildirishdi. 


Mutaxassislar, bo‘rilar odatda aholi gavjum joylarda ko‘paymasligini, Yangi hayotdagi jonzotning bo‘ri emas chiyabo‘ri ekanligini ma’lum qilishdi.

Mahalla mas’ullari o‘tgan bir oy davomida, yirtqich hujumi tufayli odamlarning 19 ta qo‘yi nobud bo‘lganini va daryo atrofida yana yirtqich inlari topilayotganini bildirishdi. 


Ayni damda ham, qishloq odamlari yirtqich hujumi takrorlanishidan xavotirda. Shuningdek, ular masalaga aloqador tashkilotlarning, hududda chuqurroq o‘rganishlar olib borilishidan ham umidvor.

Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
XAVFLI KUSHANDA
Вчера, 16:59
Оцените работу движка