Yangiliklar

MASTLIGI QIMMATGA TUSHGAN HAYDOVCHI

Поделиться:

Joriy yilning 30-yanvar kuni MIB Kasbi tuman bo’limi xodimlari tamonidan ijro xujjatiga asosan fuqaroning 42 million so’mga yaqin, soliq, davlat boji va maʼmuriy jarimalarini undirish yuzasidan ijro harakati olib borilgan.


Ijro harakatlari davomida fuqaroning qarzdorlikni to’lashi lozimligi aks holda buning evaziga mulki xatlanishi tushintirilgan. 

U esa mast holatda xodimlarga foal qarshilik ko’rsatgan. Ularni haqorat qilib xonadonidagi xo’jalik pichoqini olib chiqib, o’ldirish bilan tahdid qilgan va davlat ijrochilariga yengil tan jarohat yetkazgan.


Xodimlar uni tinchlantirmoqchi bo’lganida esa davlat ijrochisiga tegishli bo’lgan "Matiz" rusumli avtotransport vositasini pichoq va bolta bilan jiddiy zarar yetkazgan va xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishlariga majbur qilgan.


Qarzdorning oxirini o’ylamay qilgan bu xatosi bugun oilasidan uzoqda bo’lishiga, yaqinlarining yaxshi va og’ir kunlarida yonida bo’la olmasligiga sabab  bo’lmoqda va shuni aytish kerak-ki, qarzdor sudda aytgan jahlini bosa olmaslik va qilmishidan pushaymonlik, kechirim so’rash uni na qamoqda, na qarzini to’lashdan ozod qilmadi.


Sud hukmiga asosan esa bir necha yilini panjara ortida o’tkazadi.


Muxbir: G’olib Amirov

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz
Оцените работу движка