Yangiliklar

MEHNAT MUHOFAZASI-XAVFSIZLIK HIMOYASI

Поделиться:

Har bir faoliyatni tashkil etishda eng, avvalo, mehnat muhofazasi birinchi o‘rinda turadi. Shu maqsadda,“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan viloyatimizdagi yirik ishlab chiqarish korxonasi hisoblangan “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJ tasarrufidagi “Sohibqiron” yozgi bolalar oromgohida issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida jamoatchilik asosida saylangan mehnat muhofazasi vakillari jamoalari uchun 3 kunlik o‘quv seminari tashkil etildi.


Seminarda mehnat muhofazasi bo‘yicha olib borilgan uch bosqichli nazorat uchun o‘rnatilgan qoida va me’yorlarga amal qilish va Kasaba uyushmasi tomonidan olib boriladigan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan treningda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakilning faoliyatini takomillashtirish, jamoa shartnomasi, mehnat muhofazasini tashkil etishda belgilangan me’yorlarga amal qilinishi ustidan jamoat nazoratini o‘rnatish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan ham savollar, fikr va takliflar bildirilib, bu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan oldindagi ustivor vazifalarga to‘xtalib o‘tildi. Seminar faqatgina nazariy ma’lumotlar Shartli favqulodda holat e’lon qilinib, uni betalofat o‘tkazish maqsadida olib borilgan ishlar hakamlar tomonidan baholanib, bu borada zarur takliflar bildirildi.


Shundan so‘ng, Shahrisabz shahridagi Oqsaroy majmuasiga ekskursiya tashkil etilib, Amir Temur va temuriylar tarixi haqida maxlumotlar berib o‘tildi.


O‘tkazilgan 3 kunik o‘quv seminari ishtirokchilarning nafaqat mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, balki so‘lim tabiat bag‘rida musaffo havodan bahramand bo‘lib, munosib hordiq olishlariga ham hissa qo‘shdi. Bu esa xodimlarning oldindagi faoliyatlarini yanada samarali tashkil etilishida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz.


Muxbir: Elyor Darxon

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz
Оцените работу движка