Yangiliklar

62 YIL BOSHQA ISM BILAN YASHAB KELGAN AYOLNING ISMI O`ZGARTIRILDI

Поделиться:

62 yoshni qarshi olgan Anora Norboyevaning bolaligi biroz ayanchli o‘tdi. Hali esini tanib-tanimasidan bolalar uyidan joy oldi. Haqiqiy ismi nima ekanligini bilmagan qizaloqni o‘shanda, “Anora” deb atay boshlashdi. Keyinchalik, u bunga ko‘nikib ketdi. 

Onaxon qachondir ismi Anora emasligini, aksincha ota-onasi tomonidan unga boshqa ism qo‘yilganini tasavvur ham qilmagandi.

Uzoq yil boshqa ism bilan yashab kelgan onaxon haqiqiy ismini bilganida hayajondan o‘zini yo’qotayozgandi. Bunga sabab, onaxon bilan bog‘liq ba’zi hujjatlar yuzasidan olib borilgan surishtiruvlar bo‘ldi. 

Hozirda, onaxonga avvalgi ismi bilan murojaat qilsangiz arazlagandek bo‘ladi. “Karima xola” derkanmiz, ko‘zlarida quvonch yoshlarini ko‘rgandek bo‘ldik. Albatta, fuqarolarning mushkulini oson qilish, ularga qonunan ko‘mak berishning mohiyatida, xalqni rozi qilishdek ezgu maqsadlar mujassam. Insonning mavqei qay darajada bo‘lishidan qat’iy nazar, uning manfaatlarini himoyalash ham, har bir davlat organining vazifasi sanaladi. Qarshi tumani Adliya bo‘limiga to‘lanmasdan kelinayotgan ish haqlarini undirish yuzasidan murojaat qilgan mahalla yig‘inlari qorovullari muammolarining hal etilgani ham buning amaldagi ifodasidir.

Olib borilgan o‘rganishlar davomida, murojaatchilar soni ortib bordi. Bo‘lim xodimlarining sa’y harakatlari bilan ularning barchasiga ish haqlari undirib berildi. 

Qonuniylik ta’milanarkan, albatta, bundan ko‘proq fuqarolar manfaatdor bo‘ladi. Muammolarning yechimi esa ular ko‘nglining xotirjam bo‘lishiga xizmat qiladi.

Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
"YOSHLAR OVOZI" -
2-04-2024, 17:13
img
"KORRUPSIYA - DAVLAT
19-04-2024, 18:18
Оцените работу движка