Yangiliklar

BEZGAK KASALLIGINING OXIRGI CHORASI O`LIM BILAN YAKUNLANADI

Поделиться:

Bunga ishonish qiyin, lekin har yili 2 milliondan ortiq odam bezgakdan vafot etadi. Dunyoda, ayniqsa tropik daryolar hududida eng keng tarqalgan XASTAliklardan biri. Bu aynan shu joylarda keng tarqalganligi ajablanarli emas, chunki u anofeles — malyariya tashuvchisi boʻlgan chivinlarning yashash joylari. Malyariya mikroblari qizil qon tanachalarini parchalaydi. Tez orada har bir mikrob bir necha qismga boʻlinadi. Mikroblar qizil qon tanachalaridan xalos boʻlib, yangi qon tanachalariga hujum qiladi. Bu titroq (et uvishishi) va isitmaning sababidir. Navbatma-navbat keladigan isitma va titroq bezgakning aniq alomati. Hurujlar har 3—4 kunda sodir boʻladi.


Koʻpgina hollarda, parchalangan qizil qon tanachalari qon tomirlarga (odatda miyadagi) tiqilib, odamning oʻlimiga olib kelishi mumkin. Mikroblar urgʻochi bezgak chivinining oshqozonida yashaydi. Bu mikroblar soʻlak bezlari orqali chivinning oshqozonidan xartumchasiga (ogʻziga) oʻtadi. 


Malyariyaga qarshi kurashning yana bir usuli — bezgak chivini avlodlarini yoʻq qilish. Buning uchun botqoqliklar, oqmas koʻllar — bezgak chivini tuxum qoʻyishi mumkin boʻlgan barcha joylar quritiladi. Buning asl sababi aniqlanishiga qadar,  zaharli botqoqlardan koʻtariladigan bugʻlanish sabab boʻladi deb hisoblangan. Kasallik nomining paydo boʻlishi ham shu bilan bogʻliq. “Malyariya” soʻzi Italiyadan kelgan va tarjimasi “yomon havo” degan maʼnoni anglatadi. Shunday ekan, doim o'z atrofingizni, yashash hududingizni nazorat qiling! bezgak kasalligi siz kutmagan vaqtda xavfni yuzaga keltirishi mumkin.


Muxbir: Mohinur Turg’unzoda
Montajchi: Mohinur Turg‘unzoda

Kalendar

«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
SOATLAB YO'L YURAYOTGAN
15-05-2024, 17:01
img
HECH KIM E'TIBORDAN CHETDA
18-04-2024, 17:49
Оцените работу движка