O‘ziga xos sirlarni bag‘rida yashirgan Dengizko‘l haqida tiriklik alomati bo‘lmagan manba sifatida gapirib kelinadi. Suvi tarkiban juda sho‘r bo‘lgan ko‘lda biror jonzotning yo‘qligi bois, balki ko‘l kishini ko‘p ham o‘ziga tortavermaydi. O‘tgan safargi sayohatimizda “Qaysidir ma’noda biz ham bu fikrlarda jon bor”- degan xayollarga borgandik. Lekin ko‘lning jozibasi va maftunkor tabiati ko‘nglimizda yana bir bor shu yerlarga kelish ishtiyoqini tug‘dirgandi. Olam yashilligining aynan Dengizko‘lga ko‘rsatgan ta’sirini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rish umidida poyonsiz cho‘l oralab, 100 kilometrdan ortiq yo‘l bosib ko‘lga yetdik.
Ko‘rib turganingiz mana bu qizqaldoqlar boshqa yerda emas, aynan dengiz ko‘l qirg‘oqlarini bezaganiga birda ishonish qiyin. Lekin ko‘rganlarimiz ayni haqiqat edi. Ko‘l bo‘yi anchagina yashillangan, hududga xos o‘simliklar muattar hid taratib turardi. Bahorning mayin shamoli manzaraga xos va mos ko‘ngilga xush yoqadi.
Mirishkor tumanining Buxoro viloyati bilan tutash hududidagi ushbu ko‘l haqidagi manbalar juda kam bo‘lsada, X asrda arab geografi Ibn Havqal tomonidan chizilgan O‘rta Osiyo xaritasida ushbu ko‘l “Baxr ul-Buxoro” (“Buxoro dengizi”) nomi bilan ko‘rsatilgan. Muhammad Narshaxiyning yozishicha, ko‘lning “kengligi yigirma farsax, ya’ni, 140-160 kilometr bo‘lib, Buxoro daryosining ortiqcha suvi shu ko‘lga yig‘ilgan. Butun Xurosonda bu yerdagidek miqdorda qush va baliq tutilgan emas ekan. Ushbu ma’lumotlarning o‘zi ham ko‘lning o‘z davrida odamlar hayoti uchun muhim manba bo‘lganini ko‘rsatib turibdi.
Hozirda ko‘lda baliq bor yoki yo‘qligi bizga noma’lum. Biroq ko‘l uzra uchib yurgan qushlar, gala-gala yovvoyi o‘rdaklar to‘dasi allaqachon bu yerlarni o‘ziga makon qilib olibdi. O‘tgan safar qirg‘oqda ulkan tuz toshlarini kuzatgandik. Bu safar unday bo‘lmadi. Qirg‘oqdagi katta-katta tuz toshlari yomg‘irda erib bitgan ekan. Demak, bu yerlarda ham hayot qayta jonlanayotgandek. Ko‘lga boqib undagi ajoyibotlardan hayratimiz osharkan, sarflagan vaqtimiz behuda ketmaganiga yana bir bor amin bo‘ldik.
Montajchi: Shavkat Aminov
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |