Yangiliklar

XAVF BARTARAF ETILMOQDA

Поделиться:

Chigirtkalarning jiddiy xavotirga solayotgani xususida ijtimoiy tarmoqlarda bong urila boshlaganiga biroz vaqt bo‘ldi. Xususan, dasturimiz orqali Kitob tumani misolida bu haqda to‘xtalib o‘tgan edik. Ammo, zararkunandalar bilan bogʻliq vaziyat hamon dolzarbligicha qolayotgani va ularning yaylovlardan aholi tomorqalariga qadar yetib kelgani haqidagi xabarlar yana shu mavzuga qaytishimizga sabab bo‘ldi.


Mazkur videoda zararkunandalarning aholi xonadoniga qadar yetib borgani va bu holat Chiroqchi tumanida kuzatilgani ma’lum qilinarkan hududda bo‘lib,  vaziyat bilan tanishishga harakat qildik. So‘rab - surishtiruvlar asosida manzil tumanning Galabek mahallasi deya taxmin qilinarkan, o‘rganishlarimizni ushbu mahalladan boshladik. Yetib borganimizda hududda mutaxassislarning kimyoviy ishlov berish jarayonlari ustidan chiqdik.


Mahalla mas’ullari zararkunandalar hozircha aholi tomorqalariga qadar bormaganini yaylov hududlarda  10 kundan ortiq vaqt davomida kimyoviy ishlov berish ishlari olib borilayotganini bildirib, videodagi holat mahalla aloqador emasligini qo‘shimcha qilib o‘tishdi. 


Keyingi taxminlarga ko‘ra, holat Lolabuloq qishlog‘iga yetakladi. Galabekkka qo‘shni bo‘lgan mazkur hudud biz o‘ylaganchalik yaqin manzil emas ekan. Qariyb bir soatdan ortiq yo‘l yurib qishloqqa yetdik. Bu yerda ham videoda ko‘rsatilgan manzilni topishning imkoni bo‘lmadi. Biroq qishloq tepasidagi adirlarda zararkunandalar kuzatilib, ayni damda ularga qarshi kurashish ishlari olib borilayotgani ustidan chiqdik. 


Viloyat chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati xodimlari har bir hududga zarur texnika vositalari va kimyoviy dorilar yetkazib berilgan bo‘lsa-da, birgina tashkilotning kuchi bilan zararkunandalarning oldini olish mushkulligini ma’lum qilishdi. 


Bir kunlik surishtiruvlarimiz davomida videodagi holatni topishning imkoni bo‘lmadi. Biroq ayni damda, viloyatda 40 ta traktor purkagich, 200 ga yaqin motorli qo‘l purkagich, 40 ta maxsus transport vositalari va o‘nlab ishchi guruhlar tun-u kun zararkunandalarga qarshi kurashish ishlarini olib borayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldik. “Albatta mazkur chora tadbirlar yaqin kunlarda chigirtka xavfining batamom oldi olinishiga va qishloq xo‘jaligi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi”, - deydi mutaxasssislar ortga qaytarkanmiz.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
NIKOHSIZ TURMUSHNING MUSHTI
15-05-2024, 19:03
img
SUPERKUBOK QASHQADARYODA!
1-06-2024, 16:31
Оцените работу движка