Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani olis hududlardan biri, Shirin obod mahallasi shahar markazidan 60 km uzoqlikda. Tuman FHDY boʻlimi va Davlat xizmatlari markazi xodimlarining navbatdagi sayyor qabuli huddi shu manzilda boʻldi. Ushbu maskanda istiqomat qiluvchi Oysahat Chorshanbiyevaning 18 va 15 yoshli farzandlari shu kunga qadar , hech bir hujjatsiz yashab kelayotgan edi. Oʻtkazilgan tadbirda ertamiz egalarining tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari rasmiylashtirib berildi.
18 yoshga toʻlgan Muhabbat Boymuradova endilikda muammolarsiz oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshira oladi. 15 yoshli Muhayyo maktabga 3 yil hujjati yoʻqligi sabab kechikkan boʻlsa. Bu vaqtlarning hisobini endi a'lo baholarda oʻqishi bilan toʻldiradi. Asosiysi mazkur oila dilbandlarining endi hujjatlari bor va ular haqiqiy Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridir.
Комментарии
Kalendar
« Январь 2025 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | ||
6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 |
13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 |
20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 |
27 | 28 | 29 | 30 | 31 |