Yangiliklar

O`QUVCHILAR UCHUN "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"

Поделиться:

Umumta’lim makskanlaridagi dars jarayonlarining yakunlanishiga ham tobora oz vaqt qolmoqda. Bu esa bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun mas’uliyatli kunlar boshlanayotganini bildirmasdan qolmaydi. Ta’limning davomida kim qaysi yo‘lni tanlashi esa faqatgina o‘quvchining o‘ziga bog‘liq. Biroq ta’lim bilan birga biror hunarni egallash, uning mukammal egasi bo‘lish ham zarar qilmaydi. Joylardagi kasb hunar maktablarining asosiy vazifasi ham o‘quvchilarni o‘zlari qiziqqan kasb hunarga yo‘naltira olishdir. G‘uzor tumanidagi 2-sonli kasb hunar maktabida tashkil etilgan ochiq eshiklar kuni o‘quvchilarda o‘z maqsadlarini aniqlab olishlari uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.


Tadbirda tumandagi umumta’lim maktablari 9-sinf o‘quvchilari taklif etilib, ularga maktabdagi shart sharoitlar, imkoniyatlar yaqindan tanishtirib o‘tildi. Ko‘rgazmali pavilonlar orqali ta’lim jarayonlari tushuntirib berildi.

Inter o‘quvchi Gulasal Halilova

Albatta, biror hunarni egallash, uning sir-asrorlarini mukammal o‘rganish kishidan vaqt va mehnat talab etadi. Muhimi egallanayotgan hunarning bugungi kun uchun ahamiyatli bo‘lishidir.


Mashina boshqarishni istamaydigan kishi bo‘lmasa kerak. Ammo boshqarishni bilishning o‘zi kifoya emas. Buning uchun, o‘qib bilim olish muhim sanaladi. Tadbir ishtirokchilarini ko‘proq qiziqtirgan yo‘nalish ham mazkur yo‘nalish bo‘ldi.


Tadbirda o‘quvchilarga murabbiy hamrohligida transport vositalarini boshqarish imkoni ham berildi. Shuningdek, tikuvchilik, qishloq xo‘jaligi, asalarichilik kabi yo‘nalishlar ham o‘quvchilar e’tiboridan chetda qolmadi. Ahamiyatlisi, hunar tanlash istagidagi yoshlarga kasb hunar maktablarida ham barcha fanlarning chuqurlashtirilgan holda olib borilayotgani ularning oliy o‘quv yurtlariga kirishlarida muhim rol o‘ynamoqda deyish mumkin.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
KO ZBO YAMACHILIK KIMGA KERAK?
27-04-2024, 17:41
img
ALOQACHILARGA MUROJAAT
9-05-2024, 14:10
img
"SO'ZDAN AMALGA - DADIL
1-06-2024, 16:32
Оцените работу движка