Yangiliklar

QIZIQISHDAN TADBIRKORLIKKA

Поделиться:

G‘uzor tumanining Navro‘z mahallasida shunday bir xonadon bor. Ko‘chadan o‘tarkansiz, xonadon darvozasidan bir bosh suqmasdan o‘tolmaysiz. Buning sababi bor albatta. Ko‘chaga qadar eshitilib turadigan qushlar ovozi sizni ham ushbu manzilga chorlamasdan qolmaydi.


Shohmurod Haydarovni qushlarning haqiqiy bilimdoni deyish mumkin. Bolalagidan qushlarga mehr qo‘ygan bu yigit qush boqishni avvaliga shunchaki qiziqish sifatida boshlagandi.


Bugun hovlini tutib turgan qushlar ovozi kishiga ma’naviy tetiklik baxsh etsa, Shohmurod uchun bu doimiy mashg‘ulot. Ularni ko‘paytirish, turlari sonini oshirish yo‘lida tinimsiz harakatda.


Bugun Shohmurod paravarishlayotgan qushlar turi o‘ndan ortgan. Qolaversa bu ish ortidan yaxshigina daromad topish imkoni ham yaratilgan. Ko‘rsatilgan yordamlar va tavsiyalar asosida qo‘shnilar ham qush parvarishlashni yo‘lga qo‘yilgani uni ham xursand qilmasdan qolmadi.


Ahamiyatlisi Shohmurod parrandachilikni rivojlantirish maqsadida xonadonida inkubator ham tashkil etib, hozirda zotli parrandalarni yetishtirish harakatida. Tajribalarida tovus tuxumidan polapon olish birinchi ish ekan.


Izlagan imkon topadi. Faqatgina ozgina harakat va mehnat bo‘lsa kifoya. Buni Shohmurod Haydarovning faoliyatida ham yaqqol ko‘rish mumkin.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz
Оцените работу движка