Yangiliklar

NOQONUNIY QURILMALAR BARTARAF ETILMOQDA

Поделиться:

Ko‘p xonadonli uylar jamoaviy mulk hisoblanadi. Shu bois unda yashovchilar yashab turgan xonadonida qo‘shimcha o‘zgarishlar qilayotganda uyning loyihasida belgilangan normalardan tashqari chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ammo ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida tadbirkorlik qilish uchun uy qurilishiga o‘zgartirishlar kiritish, tayanch ustunlarga darz yetkazish holatlari ham uchraydiki, bu yuqori qavatlarda yashovchilarga xavf tug‘dirishi mumkinligi e’tibordan chetda qoladi.

Qashqadaryo viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini nazorat qilish inspeksiyasining Ko‘p kvartirali uy-joy fondini nazorat qilish bo‘limi aynan shu masalalar yuzasidan olib borgan nazorat tadbirlari davomida bir qator qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda jami 2 ming 249 ta ko‘p xonadonli uylar mavjud bo‘lib, o‘tgan yilda hududiy inspeksiya tomonidan o‘tkazilgan monitoring ishlarida ko‘p qavatli uylarda yashovchi mulkdorlar tomonidan 342 ta xolatda uy-joy fondi va unga tutash hududlarda o‘zboshimchalik bilan qurilmalar barpo etilganligi aniqlangan va aniqlangan holatlar bo‘yicha ixtiyoriy ravishda 342 ta majburiy ko‘rsatmalar berilgan. Belgilangan vaqtda huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etmagan 97 nafar fuqaroga 531,5 million so‘m jarima jazosi tayinlangan. Majburiy ko‘rsatmalarga asosan 200 dan ortiq qurilmalar fuqarolar tomonidan buzib olingan.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, fuqarolar tomonidan turli maqsadlarda ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar konstruksiyasi o‘zgartirilarkan, tabiiyki, undagi zilzilaga bardoshlilik ko‘rsatkichi ham pasayadi. Bu esa o‘z-o‘zidan unda yashovchi fuqarolarga xavf tug‘dirmasdan qolmaydi. Olib borilayotgan nazorat tadbirlari esa bu boradagi qonuniylikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz
Оцените работу движка