Yangiliklar

AMIR TEMUR - 688 YOSHDA

Поделиться:

Amir Temur - dunyo tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O'rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo'mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo'g'ini, kuchli siyosatchi, buyuk inson.


Qarshi Davlat Universitetida ana shunday mashhur sarkarda tavalludining 688 yilligiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Maqsad: buyuk siymo bosib o'tgan katta yo'l, ibratli va namunali hayot saboqlari talaba yoshlarga yana bir bor ta'kidlandi. 


O'zbekiston necha daholaru donishmandlarga, shoiru sarkardalarga, allomayu ulamolarga, bunyodkor, adolatli shohlarga beshik bo'lgan, alla aytgan diyor. Shoh va sarkarda, donishmand, o'zi tuzgan katta davlat bilan dunyo tarixida o'chmas iz qoldirgan bunyodkor Amir Temur nafaqat  buyuk bobokalonimiz, balki g'urur va iftixorimizdir. Badiiy kechada talabalar tomonidan "Amir Temur tuzuklari" chiqishi ham namoyish etildi. 


“Agar bizning kuch-qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurdirgan imoratlarga boqing”. Sohibqironning bu gapi necha yuz yillarkim o'zbekning kuch-g'ayrati, shijoati, bunyodkorligi va qudratidan dalolat berib turibdi.


Muxbir: Mohinur Turg’unzoda
Montajchi: Mohinur Turg’unzoda

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
NO COMMENT:
6-06-2024, 16:09
img
"YOSHLAR SAYLI"
23-04-2024, 16:03
img
"YOSHLAR OVOZI" -
2-04-2024, 17:13
Оцените работу движка