Yangiliklar

ZAMONAVIY KLINIKA - AHOLI UCHUN QULAYLIK

Поделиться:

Odatda zar chopon toʻy va turli hashamlar uchun olinadi.

Bu galgi zarbof toʻn egasi esa oddiygina tadbirkor boʻldi. Ahamiyatlisi, ushbu sovgʻa unga Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov tomonidan hadya etildi.

Ilgari koʻp emas, oʻn besh yillar oldin ham nomi mashhur shifoxonalarga borish uchun odamlar koʻpincha poytaxt yoki xorijga yoʻl olardi. Bugun esa bunday yangiliklar hech hayratlanmay, xotirjam qabul qilinayapti. Sababini, yangilanishlar va islohotlar koʻlamining ortib borayotganligida, deya, izohlash mumkin. Shu ma'noda voha markazidagi 250 oʻrinli zamonaviy klinikaning qad rostlashi ham aholi uchun yaratilgan yana bir qulaylik, deya, qarshi olindi. 

Yangi shifo maskanining ochilishiga bagʻishlangan tadbirga tashrif buyurganlar yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Ta'kidlanishicha, bunyod etilishiga 200 milliard soʻm mablgʻa sarflangan. Va yana aytib oʻtildiki, hududda xususiy tibbiyot muassasalari soni 702 taga etdi. Bu 2017 yilga nisbatan taqqoslaganda, qariyib 3,5 baravar oʻsish, deganidir. Muhimi, bularning barchasi insonlarning salomatligini  asrash uchun olib borilayotgan sa'y – harakatlardir.


Muxbir: Zebo Qosimova
Montajchi: Shahzod Panjiyev

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
YANGI FILIAL ISH BOSHLADI
11-05-2024, 15:10
Оцените работу движка