Yangiliklar

SEL KO'PRIKNI YAROQSIZ HOLGA KELTIRDI

Поделиться:

Osmonni qora bulut qoplab, momaqaldiroq gumburlaydi. Demak, tez orada jala quyadi. Boshqa manzillarda tabiatning bu jarayonlari xursandchilik bilan qarshi olinsa, Yakkabog‘ tumanining O‘rta mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Husin qishlog‘i odamlarini osmondagi bu tundlik doim xavotirga soladi. Boisi, ikki yuzdan ortiq xonadon,1000 nafardan ortiq aholi yashaydigan qishloq yo‘llari sel suvlariga to‘ladi. Kuni kecha aynan shu manzildagi ko‘prikning daryoga kelgan sel tufayli yaroqsiz holga kelib qolgani va qishloqda elektr ta’minoti ham uzilgani to‘g‘risidagi xabarlar bizni ushbu manzilga yetakladi. Dam olish kuni bo‘lsa-da, kunning ikkinchi yarmida manzilga yetdik. Mashinadan tusharkanmiz, yomg‘ir ham yog‘a boshladi. Bu havoda mahalliy aholi turna daryo deb ataydigan daryoda har lahzada sel kelish ehtimoli bor. Ko‘prikdan piyoda o‘tib, daryoning narigi tomonida turgan mashinalarga yaqinlashdik. Maqsad adir ortidagi husin qishlog‘ini ko‘rish edi.

Qishloqqa yetib borganimizda yomg‘ir ham sharros quya boshladi. Bu havoda tasvirga olishning imkoni yo‘q edi. odamlar hademay daryoda suv ko‘payishini haligina biz o‘tgan omonat ko‘prikni suv olib ketishi mumkinligini aytishgach, ochig‘i bizning ham xavotirimiz ortdi. Yana ko‘prikka kelarkanmiz, turli yumushlar bilan tuman markaziga tushgan odamlarning qishloqqa qaytayotgani ustidan chiqdik. Qariyb 40 yildan buyon aholiga xizmat qilib kelgan ushbu ko‘prik, hashar yo‘li bilan qurilgan ekan. “ Shu yillar davomida biror marta ta’mirlanmagan, so‘nggi vaqtlarda kelgan sellar ko‘prik ostini yuvib ketgandi” , deydi odamlar biz bilan suhbatda. Ko‘prikkacha boshqa mashinada, keyin daryoning qishloq tomonida kutib turgan transport vositalarida manziliga yetib olishga oshiqayotgan husinliklarning yo‘l bilan bog‘liq muammolarining anchagina jiddiy ekanligini mas’ullar ham inkor qilishmadi. Ba’zi ma’lumotlarda qishloqni markaz bilan bog‘laydigan yana boshqa bir yo‘l borligi ham aytilgach, shu tomon yurdik. “Yo‘l” deb aytilgan manzil mana bu soy ichidan o‘tgan bo‘lib, undan yurish tugul yaqiniga borishning o‘zi ham kishini vahimaga solmasdan qo‘ymasdi. Muammoni o‘rganish jarayonida bizga hamrohlik qilgan tuman hokimligi mas’ullari uzoq mulohazalardan so‘ng uning yechimi xususida quyidagicha izoh berishdi. Albatta, ko‘prik qurish kattagina mablag‘ va vaqt talab qilishini inkor qilib bo‘lmaydi. Ayni damdagi yog‘ingarchiliklar bu ishni ortga surishi ham bor gap. Lekin qishloq odamlari uchun tez yordam masalalari, markazga qatnab ishlaydigan, o‘qiydiganlarning xavfsizligi ham dolzarb masala. O‘ylaymizki, mas’ullar so‘zlarining ustidan chiqib, odamlar mushkuli osonlashadi. Biz esa mavzuga yana qaytamiz.

Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
"MAKTABLAR LIGASI"
6-06-2024, 16:23
img
"ADLIYA BOG I" TASHKIL ETILDI
24-04-2024, 16:31
img
O'ZBOSHIMCHALIK OQIBATI
24-05-2024, 17:00
Оцените работу движка