Yangiliklar

16 TA IBRATLI OILALAR TAQDIRLANISHDI

Поделиться:

6 nafar farzandning suyukli va mehribon, tarbiyada esa qattiqqo’l padari, volidasi Yarash ota hamda Tursuntosh ona ibratli oila ko’krak nishoniga ega bo’lishdi.


Vazirlar Mahkamasining «Ibratli oila» ko’krak nishoni to’g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga muvofiq Oila va xotin-qizlar qo‘mitasida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni Respublika komissiyasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tgan edi. Shu munosabat bilan vohamizdagi baxtli, namunali tanlangan 16ta qo'rg'on egalariga mukofotlar topshirildi. Viloyat hokimi Murotjon Azimov ularni 15-may xalqaro oila kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.


yurtimizda, qolaversa, Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Bunda vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, undagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Mukofot egalarining ham bugun hayajoni o'zgacha.


Ko'krak nishoni egalari haqiqatdan ham ibratli. Vatanimiz rivoji uchun xissa qo'shib kelayotgan insonlardir. Ana shunday oilalar safi kengaysa, Yangi O'zbekistonimiz yanada taraqqiy etadi. Ajrimlarga qarshi kurashilgan bo'ladi. Chunki, oila - muqaddas qo'rg'ondir.


Muxbir: Mohinur Turg’unzoda
Montajchi: Shahzod Panjiyev

Kalendar

«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
UNIVERSITETDA - "KARYERA
18-04-2024, 17:45
img
KORRUPSIYA: MUAMMO VA YECHIM
1-06-2024, 15:18
Оцените работу движка