Yangiliklar

HOZIR ENERGETIKA TIZIMI QAY HOLATDA?

Поделиться:

Bugun elektr energetikasi tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar negizida iste’molchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, ishlab chiqarish barqarorligini oshirishga qaratilgan ishlar tizimli tashkil etib kelinmoqda. Xususan, “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tizim korxonalarida ham bu borada aniq rejalar asosida samarali sa’y-harakatlar olib borilayapti. Muxbirimiz  mavzuni Qashqadaryo viloyatidagi “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati misolida davom ettiradi. 

Elektr energiyasiga bo‘lgan talab nafaqat qish qirovli kunlarda, balki yozning jaziramasida ham yilning boshqa davriga nisbatan ko‘proq ortadi. Bu eca o‘z o‘rnida yurtimizdagi barcha issiqlik va elektr stansiyalari zimmasiga ikki karra mas’uliyat yuklaydi. Shu maqsadda bugun mamlakatmizdagi energetika korxonalarida energouskunalarni mavsumga hozirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyatidagi “Talimarjon IES” AJdagi har birining quvvati 450 MVt bo‘lgan 2 dona bug‘-gaz qurilmasida joriy ta’mir ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ikki dona bug‘-gaz qurilmasi orqali yiliga 7,2 millard KvT soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. O‘z vaqtida tashkil etiladigan ta’mir va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari tufayli ishlab chiqarish rejasini ortig‘i bilan bajarishga erishiladi. Ayni kunlarda korxonaning 2-bug‘-gaz qurilmasida o‘tkazilayotgan nazorat inspeksiya ishlari Yaponiyaning Mitsubishi Korporeyshn kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish bugunning asosiy mavzularidan biriga aylanayotgan bir paytda soha xodimlari tomonidan ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash maqsadida tunu kun olib borilayotgan mehnat faoliyatining natijador bo‘lishida nafaqat mutasaddilar, balki biz iste’molchilar ham elektr energiyasidan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirgan holda o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz  lozim.

Muxbir: Elyor Darxon

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
O'ZBOSHIMCHALIK OQIBATI
24-05-2024, 17:00
img
"XOTIRA AZIZ - QADR MUQADDAS!"
11-05-2024, 15:04
Оцените работу движка