Yangiliklar

YANGI TIBBIYOT MUASSASASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Поделиться:

Nafaqadagi shifokor, Mahmud Qodirov o‘zi ishlab kelgan muassasa sharoitlari haqida gapirar ekan, avvalambor, o‘sha paytlarda bemorlar tugul, hatto tibbiyot xodimlari uchun ham sharoitning haminqadar bo‘lganini ta’kidlarkan, yillab tibbiyot muassasasi bir qancha joylarga ko‘chib yurganini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi.


Chiroqchi tumani markazidan qariyb 50 kilometr uzoqliklikdagi tog‘li Langar, Tarag‘ay, Quruqsoy qishloqlari aholisi aytish mumkinki, bugunga qadar, tibbiy xizmat masalasida anchagina qiyin ahvolda edi. Nurab borayotgan eski bino esa talabga javob bermas, odamlar uzoq yo‘l bosib, oddiy muolaja uchun ham tuman markaziga borishga to‘g‘ri kelardi. Biroq, endilikda bu muammolar barham topdi. Hududga kiraverishda yangi Tarag‘ay oilaviy poliklinikasi qad rostladi. Hududda 4 ta mahallaga birlashgan o‘ndan ziyod qishloq mavjud bo‘lib, ularda 33 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Tayinli tibbiyot muassasasi yo‘qligi bois, odamlar tibbiy xizmat masalasida doim qiyinchiliklarga duch kelishardi. Ayniqsa, qish-qirovli kunlarda tog‘ oshib markazga borishning o‘zi bo‘lmasdi. Nihoyat, aholining uzoq yillik orzulari amalga oshadigan bo‘ldi. 2,5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga hududda yangi bino qurib foydalanishga topshirildi. Uning ochilish marosimi ham katta tantanaga aylandi. 


Mazkur yangilik, aholi singari tibbiyot xodimlarini ham xursand qilmasdan qolmadi. “Kun bo‘yi xonadonma-xonadon yurgan patronaj hamshiralari uchun oddiy ish stoli ham yo‘q edi” - deydi, 26 yildan buyon hamshiralik qilib kelayotgan Nazira Omonova. Shuningdek, yangi binodagi shart-sharoitlar, u va hamkasblari uchun uzoq yillik orzulardan biri bo‘lganini ham yashirmadi. 


33 ming nafardan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatadigan ushbu shifo maskanida 50 nafardan ziyod tibbiyot xodimi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kunduzgi stasionar davolanish uchun 25 ta o‘rin aholi xizmatida. Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit va imkoniyat yaratildi. Tibbiyot maskanida, hozircha 5 nafar oliy ma’lumotli shifokor bor bo‘lsa, zamonaviy poliklinika kelgusida ularning soni yanada ko‘payishiga xizmat qilmasdan qolmaydi.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
QIMMATNING QILIQLARI...
1-06-2024, 15:47
img
QIZIQISHDAN TADBIRKORLIKKA
27-04-2024, 17:42
img
OPEN BYUDJETDAN G'OLIB
26-04-2024, 18:39
img
MUNOSIBLAR TAQDIRLANDI
1-06-2024, 16:25
Оцените работу движка