Yangiliklar

KITOBSEVARLAR UCHUN YANGILIKLAR MAYDONI

Поделиться:

Kitoblar - biz qo‘lda ko‘tarib yuradigan noyob sehrdir, degan edi fantast romanlar yozuvchisi Stefan King. Chindan hayotimiz davomida bizga hamrohlik qiladigan bu mo‘jizalar beminnat yordamchilarimizdir.

Dehqonobod tumanida tashkil etilgan “Kitobsevar millat” shiori ostidagi IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ga ham bilim manbai, deya, ta’rif beriladigan qog‘ozdagi fikrlar jamlanmasiga oshno bo‘lganlar tashrif buyurdi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchisi, deya, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish belgilangan. Mazkur ma’naviy muloqot ham sharafli yumushlarning davomi sifatida ko‘tarinki ruh bilan o‘tkazildi. Turli taqdimotlar, savdo ko‘rgazmalari, intellektual sovrinli viktorinalar bo‘lib o‘tdi. Yozuvchi va shoir Karim Toshqulov bilan uchrashuv esa ular qalbidagi kitobga mehrni yana ham oshirdi.


2022- 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi... Hujjatning 72-maqsadida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish nazarda tutilgan. Shuningdek, hukumatning 2020 yildagi qaroriga asosan, 2021 yildan boshlab har yili aprel oyida ushbu haftalik o‘tkazilishi belgilangan. Maqsad esa ayon. Shu orqali yoshlar bandligi ta’minlashga ko‘maklashish, noshirlik sohasidagi “ustoz-shogird” an’anasini rivojlantirishga va nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashga erishishdan iboratdir.


Muxbir: Zebo Qosimova

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz
Оцените работу движка