Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi . Ayni kunlarda kadastr xodimlari tomonidan hududlarda kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari o'tkazib kelinmoqda. Qarshi tumanida o'tkazilgan monitoringlarda yerga oid qonunbuzarlik holati aniqlandi. Kadastr agentligining Qarshi tumani bo'limi tomonidan Uzumzor MFY hududida yer nazorati tadbiri o'tkazilganida Lag'mon qishlog'ida yashovchi fuqaro, 0,06 gektar yer maydoniga nisbatan hech qanday huquqiy hujjatlari mavjud bo'lmasa-da, yerni o'zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda beton poydevor qurganligi holati aniqlandi. Huquqbuzarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 51 million so'm miqdorida jarima jazosi belgilandi. Huquqbuzarga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, miqdorida jarima jazosi belgilangan. Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining 16 ta tuman (shahar) lari o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan yer qonun buzilishlar bo‘yicha planshetlardan foydalangan holda “E-YER NAZORAT” tizimi orqali huquqbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rib borilmoqda.
Комментарии
Kalendar
« Январь 2025 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | ||
6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 |
13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 |
20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 |
27 | 28 | 29 | 30 | 31 |