Yangiliklar

HECH KIM HUJJATSIZ QOLMAYDI

Поделиться:

Qashqadaryo viloyati markazidan ancha olisda joylashgan Dehqonobod tumanining "Otqamar" mahallasi...
Ayni dam fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limi mas'ullari hududga tashrif buyurishgan. Shu kuni ular 3 yildan beri birga yashab kelayotgan
fuqarolar - Shodmonbek Abrayev va Orzigul Ismoilovaning qonuniy nikohlarini qayd etishdi. Ular bir oila, deb, e'lon qilindi.

"Gumbuloq" mahallasida yashovchi, 4 nafar farzandning ota - onasi Shermuhammad Choriyev va Komila Qobilovalarning qonuniy nikohni belgilovchi hujjati sayyor tartibda o'z egalariga topshirildi.

Ta'kidlash mumkinki, "Ayredvol" mahallasida istiqomat qiluvchi Ashurovlar oilasining ham quvonchi cheksiz. Boisi, ularning 15 yillik orzulari ushaldi. Oila boshi Faxriddin Ashurov e'tiborsizligi tufayli, xuddi shu muammo kuzatilgan edi. Hatlov o'tkazilganida, ushbu holat oydinlashdi va albatta, masalaga yechim topildi.

Aytib o'tganlarimiz, "Hech kim hujjjatsiz qolmaydi!" aksiyasi doirasidagi ishlardir. Mazkur jarayonlar sababli,
20 yanvardan 1 aprelga qadar samarali tadbirlar amalga oshirildi. Natijasi esa, har doimgidek, oddiy odamlarning tashvishlarini aritishga, hayotlarini farovon qilishga yordam berayapti.

Muxbir: Zebo Qosimova
Montajchi: Asliddin Eshonqulov

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz
Оцените работу движка