Yangiliklar

INSONPARVARLIK DALOLATNOMASI AMALDA

Поделиться:

Ish haqining ma’lum foizini davlat daromadiga o‘tkazish bilan bog‘liq jazo bu mahkumdan ish bilan ta’minlanganlikni talab etadi. Aks holda to‘lanmagan foiz evaziga mahkumning jazosi og‘irrog‘iga almashtirilishi mumkinligi qonun bilan kafolatlab qo‘yilgan. Biroq mahkum ish bilan band bo‘lmasachi? Joylardagi probatsiya guruhlari ushbu masalani ham e’tibordan chetda qoldirmagan holda mahkumlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari tashkil etib kelishayotgani ular uchun ham ayni muddao bo‘lmoqda.

Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi probatsiya nazoratida jazo o‘tab kelayotgan mahkumlar uchun tashkil etilgan mehnat yarmarkasida mahkumlarga bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilarkan, ularning ba’zilari bundan unumli foydalanishdi. Endilikda ular uchun muddatidan ilgari ozod bo‘lish imkoniyati yanada kengaydi. Boisi amaldagi qonunchilikka ko‘ra jazo muddatini ma’lum qismini o‘tagan va qoidalarga amal qilgan mahkumlarning shartli ozodlikka chiqarilishi kafolatlab qo‘yilgan bo‘lib, shu kuni bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisi misolida bunga guvoh bo‘lish mumkin.

Uyatdan yer chizib turgan bu ayollar ham hozirda sud hukmiga ko‘ra jazo o‘tamoqda. O‘tgan davr ular uchun xulosa chiqarishga yetarli bo‘lsa-da, yelkalarini bosib turgan mahkumalik yuki erkinliklarini cheklab turardi. Ammo belgilangan jazoga mas’uliyat bilan yondoshish, to‘g‘ri yo‘lga qaytish harakati ularni ozodlikka yetaklamasdan qolmadi.

Bo‘lib o‘tgan sud majlisida shu kuni nafar 48 nafar mahkum muddatidan avval ozod etilgan bo‘lsa ularning 6 nafarini ayollar tashkil etdi. Shuningdek, ularga imkoniyatning shartli ekanligi, qayta jinoyat sodir etishlari og‘irroq jazo tayinlanishiga sabab bo‘lishi xususida tushuntirishlar berib o‘tildi.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
XAVF BARTARAF ETILMOQDA
13-05-2024, 16:41
Оцените работу движка