Yangiliklar

SHAHRISABZ - IQTISODIY HAMKORLIK TASHKILOTI TURIZM POYTAXTI

Поделиться:

Ko‘hna Keshning Sohibqiron nomi bilan ataluvchi Amir Temur xiyoboni yana bir bor sayyohlar uchun ochiq osmon ostidagi muzeyga aylandi. Bu gal nafaqat yurtimiz, balki dunyo xalqlarini birlashtirgan san’at, madaniyat va qadriyatlar bo‘y ko‘rsatdi. Bu yerdagi manzarani ko‘rgan kishi bejizga Shahrisabz shahri 2024-yilda  "Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti" maqomini olmaganini his qilmasdan qolmadi. 


Xabaringiz bor, 2022 - yil 13 -  dekabr kuni o‘tkazilgan"Iqtisodiy hamkorlik tashkilot"iga (IHT) a’zo davlatlar turizm vazirlarining IV yig‘ilishida Shahrisabz shahriga 2024 yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti maqomi berilishi ma’lum qilingan edi. Viloyatda turizm infratuzilmasini yaxshilash, ekoturizm, etnoturizm va boshqa yo‘nalishlarda salohiyatni yuksaltirish, hududning nomoddiy merosini keng ochib beruvchi madaniy tadbirlar, turizm tadbirkorligini rivojlantirishda bo‘lib o‘tgan xalqaro festival muhim ahamiyat kasb etmasdan qolmadi. 


Tantanali kutib olingan mehmonlar shaharning diqqatga sazovor joylarida bo‘lib, Sohibqiron qoldirgan boy tarixiy meroslar bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbirlar davomida tashkilotga a’zo davlatlardan kelgan mohir oshpazlarning taomlar ko‘rgazmalari, folklor chiqishlar, xalqaro etnosport o‘yinlari,  namoyish etildi. Shuningdek, "Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti bo‘ylab chegarasiz turizm" mavzusida plenar sessiya hamda B2B uchrashuvlari tashkil etildi. 


Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan tadbirlar mahalliy va xorijlik sayyohlarda ham katta taassurotlar qoldirdi. Bir so‘z bilan aytganda " Ushbu tadbirlar IHTga a’zo davlatlar o‘rtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, turizm sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi " deyish mumkin.



Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
XAVFLI KUSHANDA
Вчера, 16:59
img
"OLTIN DEVOR" SPEKTAKLI
18-04-2024, 17:56
Оцените работу движка