Yangiliklar

INSONPARVARLIK DALOLATNOMASI AMALDA

Поделиться:

Siz-u bizdan farq qilmaydigan ushbu fuqarolar aslida sud hukmi yoki ajrimi bilan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilingan shaxslar. Jazoning ijro etilishini ta’minlash esa joylardagi probatsiya xizmatlarining asosiy vazifalaridan biri. Shu bilan birga namunali jazo o‘tab, tuzalish yo‘liga qaytganlarga imkon berish, ularni muddatidan avval ozod qilish ham mazkur xizmat sa’y-harakatlarining amaliy ifodasidir. Jinoyat ishlari bo‘yicha kitob tumani sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sud majlisida tuman iib probatsiya nazoratida jazo o‘tab kelayotgan mahkumlarga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar muhokamasi ham ushbu fikrlarimiz isbotidir. Bo‘lib o‘tgan sud davomida mahkumlarning jazo o‘tash tartib qoidalariga qay darajada amal qilganliklari alohida e’tiborga olinib, barchasi qanoatlantirildi. Birinchi marta ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarga berilgan jazo yengilrog‘i bilan almashtirilsa, bilib bilmay qilgan nojo‘ya qilmishlari tufayli probatsiya nazorati ostiga olingan shaxslarni jamiyatga moslashtirish, ish bilan ta’minlash borasidagi mas’uliyat bir necha barobarga oshadi. Bu esa o‘z o‘zidan tuzalish yo‘liga qaytgan mahkumlarni muddatidan avval ozod bo‘lishiga xizmat qiladi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tumani sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sud majlisida 18 nafar jazo o‘tash qoidalariga qat’iy amal qilib kelgan mahkumga nisbatan kiritilgan taqnomnoma qanoatlantirildi. Shu bilan birga o‘tkazilgan sayyor sudlar jarayonida mahkumlar bandligini ta’minlashga qaratilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari ham tashkil etildi. Ta’kidlash kerakki, o‘tgan yillar davomida mamlakatimizda sud huquq sohasida samarali islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, jinoyat sodir etib, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan hamyurtlarimizga insonparvarlik dalolatnomasi asosida imkon berilishi va ularning jamiyatga moslashishiga ko‘maklashish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi O‘zbekiston tajribasi xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Bu esa kelgusida Yangi O‘zbekistonni o‘z hayotidan rozi, baxtli insonlar mamlakatiga, har tomonlama rivojlangan ijtimoiy makonga aylantirishi, shubhasiz.

Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
YO'Q BO'LGAN KO'PRIK
9-05-2024, 14:12
img
NOSOZ YO'LLAR YOZGA QADAR
4-04-2024, 14:29
Оцените работу движка