Yangiliklar

GULCHILIK SERDAROMAD SOHAGA AYLANMOQDA

Поделиться:

Bir qarich yerdan gulzor yaratish yoki boqimandalikni tanlash ham insonning o‘z qo‘lida. Binobarin, bugun harakat qilgan odam kam bo‘lmaydi. Ayniqsa tomorqadan unumli foydalanish ortidan ham ishli, ham daromadli bo‘layotganlarning safi tobora ortayotgani quvonarli hol.


Gʻuzor tumanining Yangiobod mahallasidagi ushbu xonadon ko‘rgan ko‘zni quvnatadigan manzarasi bilan boshqa hovlilardan ajralib turadi. Xonadon bekasining asosiy vaqti ushbu issiqxonada o‘tadi. Turmush o‘rtog‘i ko‘magida gul ko‘chatlarini ekadi, ularni parvarishlaydi. Asta sekinlik bilan oila yetishtirilgan gullarni bozorga chiqarish va undan daromad olishni ham yo‘lga qo‘yishdi. Albatta, birinchi navbatda gulchilik ilmini egallash, bozorbop navlarni ko‘paytirish hammasidan muhim sanalardi. Qolaversa, faoliyatni kengaytirish uchun biroz mablag‘ va ko‘mak ham zarar qilmasdi. Bank tomonidan ajratilgan kredit mablag‘i evaziga issiqxona maydoni kengaytirildi.   Qimmatbaho gul tuman hokimligi tomonidan bu masala ham ijobiy hal etilarkan, oila mazkur sohani rivojlantirishni o‘zlariga maqsad qilib olishdi.  


Bugun issiqxonaga kirgan kishining kayfiyati ko‘tariladi. U yerdagi anvoyi gullardan yashnab turgan manzara ham aslida mehnat mahsuli. Mehnatga yarasha daromad ham bor. Aynan shu ish ortidan yiliga 40-50 million so‘m daromad ham topilmoqda.

Oilaga berilgan tavsiyalar, va faoliyatni kengaytirish borasida ko‘rsatilgan yo‘l-yo‘riq mahallada gulchilikni rivojlantirishga ham hissa qo‘shmasdan qolmadi, deydi mahalla mas’ullari.


Bundan tashqari xonadonda namuna bo‘ladigan ko‘plab jihatlarni ko‘rish mumkin. Muhimi, tomorqada bo‘sh yerning o‘zi yo‘q. Aytish mumkinki, bugun fuqarolarning tomorqaga bo‘lgan munosbati tubdan o‘zgarmoqda. Bir paytlar shunchaki chorva uchun ozuqa ekilgan tomorqalarda endilikda, ro‘zg‘orbop mahsulotlar, daromadli yo‘nalishlar rivojlanmoqda. Maqsad tomorqa yerlaridan foydalanish darajasini oshirish, shu orqali aholi daromadlari va farovonligini yuksaltirishga erishishdir.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
QIMMATNING QILIQLARI...
1-06-2024, 15:47
img
"KORRUPSIYA - DAVLAT
19-04-2024, 18:18
img
SEL AHOLINI SUVSIZ QOLDIRDI
24-05-2024, 17:06
Оцените работу движка