Yangiliklar

KITOB - ALBOM TAQDIMOTI

Поделиться:

Qashqadaryo viloyati qadimiy yodgorliklar soni bo‘yicha respublikada uchinchi o‘rinda turadi. Bu yerdagi ba’zi manbalarning tarixiy ildizi qoraxoniylar davriga to‘g‘ri keladi, deydi olimlar ushbu yo‘nalishlarda olib borilgan tadqiqotlarga tayananib. Qadimiy manzillar, tarixiy obidalardagi bitiklarning mazmuninin aytish mumkinki, bugungacha o‘rganish, tushunish mushkul edi. O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi bu boradagi muhim loyihalardan biri bo‘lib, ayni paytga qadar mazkur nomdagi kitob-albomlarning O‘zbekistonning turli hududlariga  bag‘ishlangan 20 ta jildi chop etilib o‘quvchilarga hukmiga havola etildi. Jami 220 ming nusxada chop etilgan kitob albomlarning shundan 200 ming nusxasi umumta’lim maktabi kutubxonalariga tarqatilishi belgilangan bo‘lib, Qarshi shahridagi yoshlar markazida ushbu kitoblarni maktab kutubxonalariga topshirish tadbiri tashkil etildi. Unda tashkilot vakillari, kitob mualliflari, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati, umumta’lim maktablarining axborot resurs markazlari xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbirda mualliflar tomonidan kitobning yaratilishi, aynan qashqadaryodagi madaniy meros ob’yektlari va undagi qadimiy bitiklarni tadqiq etishdagi jarayonlar yana bir karra yodga olindi. Tadbirda kitob albomning Qashqadaryo qismiga vohadagi tarixiy manzillarning bir qancha noyob namunalari kiritilgani, kitob mutaxassislar va keng kitobxonlar ommasiga, shuningdek, qashqadaryo tarixi bilan qiziquvchi kishilarga yetarlicha qiziqarli va foydali qo‘llanma bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi. Shundan so‘ng viloyatdagi umumta’lim makktablarining maktablarning ARM xodimlariga kitoblar jamlanmasi sertifikatlari topshirildi.

Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Июль 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
AHOLIGA XIZMAT - OLIY HIMMAT
3-04-2024, 18:12
Оцените работу движка