Temir yo‘l izlaridagi relslariga qotirilgan mana bu murvatlarning vazifasi chetdan qaraganda oddiy ko‘ringani bilan aynan shu murvatlar yo‘l muvozanati va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlaydi. Mazkur murvatlarni maxsus uskunalarsiz ta’mirlashning imkoni yo‘q. Uskunalar esa xodimlarga xizmat yo‘riqnomasiga asosan maxsus qayd etilgan holda beriladi.
Bu mavzuda nega so‘z yurityapmiz. Boisi, temir yo‘l izlarida maxsus murvatlarni talon-toroj qilishga bo‘lgan urinish fosh etilarkan, avvalambor e’tiborga olingan jihat ham ularni yechib olishga mo‘ljallangan uskunalarni faqatgina sohaga aloqador xodimlar ishlata olishiga qaratildi.
“Qarshi-Dasht” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 8 kilometrida temir yo‘l izlaridagi relslariga qotirilgan ostki mustahkamlovchi jismlarni noqonuniy ravishda talon-taroj qilishga uringan shaxslar ham afsuski, temir yo‘l tizimi xodimlari bo‘lib chiqishdi.
Olib borilgan profilaktik tadbirlar, tushuntirish ishlariga qaramay sohada talon-torojlikka yo‘l qo‘yish, nafs ko‘yida davlat mulkiga zarar yetkazish bilan bog‘liq jarayonlar ham afsuski, tez tez uchrab turibdi.
Qashqadaryo viloyatida 546 kilometr masofada po‘lat izlar mavjud bo‘lib, 3 ta temir yo‘l vokzali, 29 ta temir yo‘l stansiyasi va 17 ta temir yo‘l korxonasi orqali mazkur masofa xavfsizligi hamda texnik sozligi muvofiqlashtirib boriladi. Viloyat transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining muntazam olib borayotgan targ‘ibot tadbirlariga qaramay, fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan temir yo‘l hududini kesib o‘tish, relslarga turli jismlar o‘rnatish, davlat mulkini talon toroj qilish bilan bog‘liq holatlar ko‘zga tashlanib turibdi. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mazkur turdagi huquqbuzarliklar soni 480 nafarni tashkil etib, ularga nisbatan tegishli tartibda javobgarlik choralari qo‘llanilgan.
Montajchi: Shavkat Aminov
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |