Qarshidagi maktabda 8 sinf o‘quvchisining sinfdoshlari tomonidan kaltaklangani va bolaning umurtqasi singani, biroq mas’ullar bunga befarq bo‘lib kelayotgani aks etgan videodagi holat aslida 2023 yilning 19 dekabr kuni Qarshi tumanidagi 55 umumta’lim maktabida 1 soat dars boshlanishi oldidan yuz bergan ekan.
Ushbu holatni o‘rganish maqsadida maktabda bo‘lib, vaziyatga yanada oydinlik kiritishga harakat qildik. O‘rganishlarimizni avvaliga o‘quvchilar, o‘qituvchilar bilan suhbatlashishdan boshladik.
Jabrlanuvchi bolaning sinfdoshlari so‘zlariga ko‘ra, sinfdoshlar o‘rtasidagi hazil o‘yin kutilmaganda boshqa bir bolaning jarohat olishiga sabab bo‘ladi.
Videoda bolalarning sinfxonaga kirganidagi vaziyatda o‘qituvchining xatti harakati ham muhokamalar markazida bo‘ldi.
Xo‘sh oradan shuncha vaqt o‘tganda holat nega ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Tasvirga olish jarayonimizda maktabga yetib kelgan jabrlanuvchi o‘quvchining onasi bu savolimizga oydinlik kiritishga yerdam berdi.
O‘quvchining onasi maktab ma’muriyatidan noroziligini bildirgan holda bolasining 4 soatdan ortiq vaqt mobaynida shifoxonaga yuborilmasdan maktabda olib qolinganini aytarkan, o‘qituvchilar buning aksini bildirishdi
Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra hozirda maktab rahbariyati bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan ekan.
Hozirda o‘quvchining ahvoli ancha jiddiy. Uning yaqinlari bu ish ortida turgan haqiqiy holat maktab va huquqni muhofaza kiluvchi idoralar tomonidan xaspo‘shlanmoqda degan xavotirda.
O‘quvchining uyida bo‘larkanmiz, uning ahvoli jiddiyligiga, oyoqqa turib ketishi uchun vaqt kerakligiga guvoh bo‘ldik. Onaning ham niyati farzandi tezroq tuzalib, vaziyatga adolatli baho berilishidir.
Montajchi: Shavkat Aminov
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |