Yangiliklar

ELEKTRON SAVDO PLATFORMASI NIMA?

Поделиться:

"Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risi"dagi O'zbekiston Respublikasi prezidentining qaror ijrosini ta'minlash maqsadida qator ishlar bajarilyapti. So‘nggi yillarda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, davlat mulkini xususiylashtirish orqali xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sharoit yaratish, samarasiz ishlayotgan,  istiqbolsiz korxonalarni tugatish yuzasidan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2020-2023-yillarda 4,5 mingta davlat aktivlarining xususiylashtirilishi natijasida, 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi,  shu tariqadagi korxonalarning soliq tushumlari 1,3 barobarga, sof aktivlari esa 1,5 barobarga oshdi. “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi maqsadlari ijrosini ta’minlash, iqtisodiyotning xususiy sektor rivojlangan tarmoqlarida davlat ishtirokini keskin kamaytirish, xususiy sektor faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay raqobat muhitini yaratish hamda xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida: 1. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari (keyingi o‘rinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) birinchi rahbarlarining asosiy vazifalaridan biri etib o‘z sohasida xususiy sektor ulushini muttasil oshirib borish, raqobat muhiti shakllangan sohalardagi, shuningdek, ularning faoliyatiga xos bo‘lmagan, samarasiz foydalanilayotgan va bo‘sh turgan aktivlarini xususiylashtirish (sotish) belgilandi. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali 2024-yil 1-yanvarga qadar tuzilgan ijara shartnomalari bo‘yicha ijaraga olinganiga kamida besh yil bo‘lgan davlat mulki obyektini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida kapital ta’mirlash, modernizatsiya qilish, tevarak-atrofini obodonlashtirish va bino-inshootlarni turli darajada yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan va ijara to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lab kelingan hamda ushbu obyekt xususiylashtirish dasturiga kiritilgan taqdirda ularga ushbu davlat mulki obyektini baholangan qiymatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish huquqi beriladi.

Muxbir: Mohinur Turg’unzoda

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
ALOQACHILARGA MUROJAAT
9-05-2024, 14:10
img
QIZIQISHDAN TADBIRKORLIKKA
27-04-2024, 17:42
Оцените работу движка