Yangiliklar

KIMDIR YARASHDI, KIMDIR JAZOLANDI

Поделиться:

Mamlkatimizda eng oliy qadriyat inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa tabiiy huquqlari bo‘lib, ularni ta’minlash Konstitutsiya bilan kafolatlanadi. Odam savdosi jinoyati esa insonning ushbu huquqiy erkinliklariga rahna solib, jamiyatning demokratik negizlariga tajovuz qilishi bilan milliy xavfsizlikka ham tahdid soladi. Xuddi shuningdek, jamiyatda o‘zaro adolat, ishonch va shaffoflikni ta’minlanishiga to‘siq bo‘ladigan omillardan biri bu korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlardir. 

Mazkur ikki jinoyatning yuzaga kelishi va uning oqibatlari aynan fuqarolarga zarar keltirib, natijasi jinoyat bilan yakunlangan holatlar ham yo‘q emas. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumani sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sud majlisi avvalida yig‘ilganlarga mazkur jinoyat xususida huquqiy tushuntirishlar berilishidan ham maqsad aholini bu borada hushyorlikka undash bo‘ldi.

Shuningdek, bo‘lib o‘tgan sud davomida aliment qarzdorligi, arzimagan sabablar bilan janjallashib qolgan qo‘shnilar, tovlamachilik bilan bog‘liq jinoiy holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar muhokama qilindi.

Farzandi ta’minotidan bo‘yin tovlab, sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishmovchiligini bunga sabab qilib ko‘rsatgan otaning bahonalari unga foyda bermadi. Shuningdek, jahl ustida boshlangan kelishmovchilik tufayoi sud zaliga qadar kelgan tanishlar qilmishlari mohiyatini tushunib, o‘zaro yarashuvga rozi bo‘lishdi. Albatta, bugun xato qilganga jazo berish emas, balki ularga xatosini tushunishga imkon berilayotgani ko‘proq ijobiy samara bermoqda desak yanglishmagan bo‘lamiz.

Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
NO COMMENT:
6-06-2024, 16:09
img
O'LIK KO'LDA HAYOT QAYTA
7-05-2024, 19:02
img
"KORRUPSIYA - DAVLAT
19-04-2024, 18:18
img
MIRAKI VA MAYDANAK - KELGUSIDA
18-04-2024, 16:49
Оцените работу движка