Dam olish maskanlariga borish insonga madaniy hordiq bag'ishlaydi. Ayniqsa, tog'li hududlarga sayohat - kayfiyatni ko'tarib, sog'lom bo'lishga ko'maklashadi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev joriy yil 9-yanvar kuni savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, madaniyat va turizm obyektlarini qurish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani va Toshkent viloyatining Parkent tumanining tog‘li landshafti bilan qiziquvchi sayyohlar uchun shart-sharoitlarni kengaytirish maqsadida Shahrisabzdagi Miraki, Parkentning Nurobod va Kumushkon hududlarida zamonaviy dam olish maskanlarini barpo etish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Qashqadaryodagi Maydanak tog‘ maskanida yengil konstruksiyali hostellar qurish, mavjud binolarni savdo va xizmatlarga qayta ixtisoslashtirish, hududni obodonlashtirish mo‘ljallanganligi xususida ta'kidlagan edilar. Shu maqsadda bugungi kunda ushbu manzillarga tamal toshi qo'yildi...
Qarshi shahridagi jurnalistlar uyida viloyat hokimining o‘rinbosari A.Zakirov ishtirokida Matbuot anjumani o'tkazildi. Qamashi tumanidagi "Maydanak" hamda Shahrisabz tumanidagi "Miroqi" hududlarida turistik markazlarni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so'z yuritildi.
Muloqot savol-javob tarzida davom etdi. OAV vakillari mavzuga oid savollar bilan qatnashishdi.
Kelgusida vohamizning maazkur amnzillari ham ko'rkam, ham toza havoga boy zamonaviy obyektlar barpo etilgan nuqtaga aylanishi aniq.
Montajchi: Mohinur Turg’unzoda
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |