Yangiliklar

"YOSHLAR SAYLI"

Поделиться:

“Vatan ostonadan boshlanadi”, deganlaridek ona yurt har bir kishining oʻz qalbidan, vijdonidan boshlanadi. Yaʼni, hammaning qalbida mamlakatning jajji qiyofasi yashaydi. Yangi O'zbekistonimiz – biz nafas olayotgan havodir. Vatanning bir zarrasi ekanini anglamoq kishi uchun iftixor va sharafdir. Qarshi shahrida o'tkazilgan Yoshlar sayli ham ertamiz egalariga o'zi tug'ilib o'sgan diyoriga muhabbat ila yashash hissini uyg'otdi.


Qarshi shahar hokimligi va bir qator huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar hamkorligida yoshlarni yurtga sadoqat, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadi ila ushbu tadbir o'tkazildi. Kelajak bunyodkorlariga harbiy aslahalar xususida ma'lumotlar berildi.  


Saylga kelganlar harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyati hamda amaliy mashg‘ulot jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, respublikamizdan tashrif buyurgan aktyor va xonandalar ishtirokidagi gala-konsert dasturlari 3000 nafardan ortiq yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga xizmat qildi.


Muxbir: Mohinur Turg’unzoda
Montajchi: Shahzod Panjiyev

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
NO COMMENT:
6-06-2024, 16:09
img
"ADLIYA BOG I" TASHKIL ETILDI
24-04-2024, 16:31
img
QIMMATNING QILIQLARI...
1-06-2024, 15:47
Оцените работу движка