Yangiliklar

BUYUK BOBOKALONIMIZ - HAMISHA ARDOG`IMIZDA!

Поделиться:

9-aprel dunyoga mashhur jahongir, Xilda Xukxem ta’biri bilan aytganda “Yetti iqlim hukmdori”, sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Shu sana munosabati bilan respublikamiz bo'ylab ma'naviy - ma'rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Qarshi shahridagi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot fakultetida ham tadbir o'tkazildi.


Badiiy kechada talabalar tomonidan  Amir Temur tuzuklari, ibratli so'zlari va bizga qoldirgan buyuk merosi hayotiy saboqlari to'g'risidagi chiqishlar namoyish etildi.


O'rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi hisoblanadi. Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir, degan shior Amir Temur saltanatining barcha hududlarida axloqiy-ma’naviy mezonga aylangan.


Amir Temur hayoti haqida boshqa ko‘plab sohalarda, jumladan, kino, teatr, musiqada badiiy hamda hujjatli materiallar tayyorlandi. O‘ylaymizki, Temur shaxsiyati hali ko‘p yillar mobaynida tarixchilarning ilmiy ishlari mavzusi bo‘lib keladi. Zero u dunyodagi eng BUYUK INSON sifatida tarixda qoldi.


Montajchi: Shahzod Panjiyev

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz
Оцените работу движка