Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida “Malaka toifa sinovlari uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar” mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi. Maqsad: ushbu yo'nalishda belgilangan vazifalarni OAV orqali xalqqa yetkazishdan iboratdir.
Muloqotda so'zga chiqqanlar Bugungi kunda pedagoglarimizga malaka toifasini berish amaliyoti takomillashtirilib, inson omilisiz o‘tkaziladigan yangi tizim joriy qilinganligi xususida ta'kidlandi. Ushbu tizim asosida malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkazilishi belgilandi. Birinchi bosqich – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi baholanadi. Bunda pedagoglarga mutaxassislik fani bo‘yicha 35 ta hamda kasbiy standartlariga oid 5 ta test savollari beriladi. Ikkinchi bosqich – pedagogik mahorati baholanadi. Aniqlash maqsadida 10 ta savol-topshiriq berilishi haqida ma'lumotlar keltirildi.
Joriy yil attestatsiyada ishtirok etish uchun 24 230 nafar pedagoglar onlayn ariza topshirib, ularning 19 ming (18 887) nafarga yaqini ishtirok etishi kutilmoqda. Shundan, navbatdan tashqari 14874 nafar hamda navbatdagi majburiy 4013 nafar arizalar qabul qilingan.
Malaka sinovlari 2024 yil 15 apreldan boshlanadi va may oyining yakuniga qadar davom etadi. Natijalar QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.
Anjuman so'ngida kelgusidagi ishlar belgilab olindi.
Montajchi: Shahzod Panjiyev
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |