Yangiliklar

QING`IR ISHNING QIYIG`I...

Поделиться:

Inson dunyoga kelganidan so‘ng, bir olam orzular bilan yashaydi. Niyatlari orasida asosiylari ham bo‘ladi. Shulardan biri o‘zi tanlagan yo‘nalish bo‘yicha oliy o‘quv yurtiga kirishdir. Biroq, afsuski, oramizda, bunga osongina erishmoqchi bo‘lganlar ham bor. Eng yomoni, ularga yordam beruvchilar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.


Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolardan biri ana shu maqsadni oldiga qo‘ygan ya’ni o‘qishga kirmoqchi edi. Shunday kezlari u ikki shaxs – ayol va erkakni uchratadi. Qarangki, ular shu ishning ududsidan chiqadiganlar toifasidan edi. Qo‘shtirnoq ichidagi uddaburonlar Qozog‘iston Respublikasidagi oliygohga o‘qishga kiritib qo‘yish va to‘rt yil davomida ta’lim olganlik haqidagi diplomni olib berishni va’da qilishadi. Tabiiyki, buning uchun yaxshigina haq ham so‘rashadi. Mo‘may daromadga egalik qilmoqchi bo‘lganlar esa, oldinda ularni nimalar kutib turganini bilishmasdi. Bo‘lajak talaba viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qo‘ng‘iroq qilib, barcha tafsilotni aytib berdi. Va anglaganingizdek, jinoyat sodir etilmasidan oldin barataraf qilindi. Osongina pul topmoqchi bo‘lganlarga nisbatan O‘zbekison Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli qismiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Xalqimizda “Mehnatdan kelsa, boylik – turmush bo‘lar chiroylik”, degan maqol bor. Bunga izohning hojati bo‘lmasa kerak. Unutsak va amal qilmasak, ana shunday holatlar kelib chiqishi hech gap emas. Xulosasi – yana o‘zingizdan.


Muxbir: Mohinur Turg’unzoda
Montajchi: Shahzod Panjiyev

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
XAVFLI KUSHANDA
Вчера, 16:59
img
KO ZBO YAMACHILIK KIMGA KERAK?
27-04-2024, 17:41
Оцените работу движка