Yangiliklar

KO`ZBO`YAMACHILIK KIMGA KERAK?

Поделиться:

Tekis va ravon yo’llar haydovchiga ham, yo’lovchiga ham birdek qulay. To’g’ri, bir vaqtning o’zida hamma joyni, ko’chalarni o’yilib qolgan qismini to’g’irlab bo’lmaydi. Lekin, nomigagina qilingan ishlar nega yoki kimga kerak?


Asfalt qoplamasi vaqt o‘tishi bilan deformatsiyalanadi. Yuqori harorat, yog‘ingarchilik, yo‘l kimyoviy moddalari, ortib borayotgan transport yuki ta’sirida sirtda bo‘rtiqlar, chuqurliklar va yoriqlar paydo bo‘ladi. Demak, doimiy ravishda obodonlashtirilib, ta’mirlanib borishi kerak. Chunki, yamalgan yo‘llar yana chuqurlikka aylanishi mumkin.


Ma’lumot uchun aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-22 aprel kunlari Qashqadaryoga tashrifi davomida avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlashga oid bergan topshiriqlar berilgan edi. Ushbu vazifalar ijrosi bo‘yicha qo‘shimcha 350,2 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi belgilandi. Buning doirasida 56 ta yo‘l obyektida qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish ko‘zda tutilgan.Ammo amalda esa... Ko‘rib turganingizdek.. Shuni unutmaslik kerakki, keng ko‘chalar fursatni qisqartiradi, vaqtni tejaydi. Haydovchilar uchun ham qulaylikni keltiradi. Avtohalokatlarning ham oldini olishga zamin yaratadi.

Ta’mirlangan asfalt ko‘p yillar mobaynida hammamizga xizmat qiladi. Shunday ekan, rejalar qog‘ozda qolib ketmasligi kerak. Bu borada mas’ullardan javob kutib qolamiz!

Muxbir: Mohinur Turg’unzoda
Montajchi: Shahzod Panjiyev

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz
Оцените работу движка