Yangiliklar

40 YILLIK MUAMMO 4 SOATDA HAL BO`LDI

Поделиться:

Qarshi tumani markazidan deyarli 1 km uzoqlikdagi Bunyodkor mahallasida joylashgan ko’p qavatli binosi oldidamiz. Aholi vakillari bu joyni tinchlik dom deb ataydi.

Birgina 24 xo’jalik istiqomat qilayotgan ushbu bino yonginasida chiqindilar tashlash uchun maxsus maydoncha bor. Qarshi tumani masullari masulyatsizligi sabab bu maydonchada deyarli 7 oydan buyon chiqindilar to’planib qolgan.


Mutasaddi vakillarining quruq va’dalariga aldanib kelayotgan 100 dan ortiq fuqarolar bu borada Qarshi tuman hokimligi shuningdek tumandagi “Eko hayot” MCHJga ko’p bora amaliy yordam so’rab murojat qilishgan. Ammo na’tijasi esa mana tasvirlardan ham ayon.


Bunyodkordagi vaziyat haqiqatdan ham jiddiy fuqarolar masullar bizni tinglamaydi, telefon qo’ng’iroqlarimizga umuman javob bermaydi degan gaplariga ishonmasdan. “Eko hayot” MCHJi rahbari Yodgor ismli shaxsga deyarli 10 marotobadan ko’proq qo’ng’iroq qildik. Masul esa haqiqatdan ham qo’l telefonini ko’tarmadi.


Shundan so’ng muammoga yechim izlab boshqa yuqori turuvchi tashkilotlar bilan bog’lanishga harakat qildik. Oradan 1 soat o’tib manzilga viloyatda bo’lib turgan ekologiya vazirligining ishchi guruhi, xalq tilida ses deb nomlanuvchi tashkilotning viloyatdagi rahbari va Qarshi tumani masullari keldi. Kattakonlar keldiyu manzilda katta ishlar boshlanib ketdi.


Markaziy studiya yana bir mahalla fuqarolarining mushkulini oson qildi. Tinchlik domidagi bolajonlar bexovotir binoning hovlisida turli o’yinlar o’ynashlari mumkin. “Eko hayot” MCHJi masullari esa endi bemalol Bunyodkorlik aholi vakillarini telefon qo’ng’iroqlariga javob bersalar bo’ladi.


Muxbir: G’olib Amirov

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
YOSH QUTQARUVCHI - BO'LAJAK
26-04-2024, 18:40
img
OPEN BYUDJETDAN G'OLIB
26-04-2024, 18:39
Оцените работу движка