Yosh qutqaruvchi...
Nomidan bilinib turganidek, U – xaloskor...
Qarshi shahrida o‘tkazilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi viloyat bosqichi buni yana bir marta anglatdi.
Kadr orti: Bahslar ishtirokchilari - shahar va tuman bosqichlarida birinchilikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bo‘ldi. Dastlab, ular bellashuv shartlari bo‘yicha saf ko‘rigidan o‘tkazildi, barchasining tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.
Birinchi tibbiy yordam va Fuqaro muhofazasi yo‘nalishidagi savol-javoblar... Yosh yong‘in-qutqaruvchilari estafetasi...Shartli daryo ustidan dor bo‘ylab o‘tib, chodir tiklash, 4 qavatli o‘quv minorasining birinchi qavatiga ko‘tarilish..
Bularni bajarish oson bo‘lmadi, albatta. Hakamlar hay’ati tomonidan hamma harakatlar baholab borildi.
Yakunda birinchi o‘rin Koson tumaning 8- umumta’lim maktabi o‘quvchilariga nasib etdi. Qarshi shahridagi 34- umumta’lim maktabi o‘quvchilari ikkinchi, Yakkabog‘ tumanidagi 28- umumta’lim maktab o‘quvchilaridan iborat jamoa esa uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sovrindorlar ham aniqlandi. Tashkilotchilar tomonidan g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Montajchi: Asliddin Eshonqulov
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |