Yangiliklar

MITTI OCHOFATLAR

Поделиться:

Asosan chorvachilik bilan kun kechiradigan Kitob tumanining Qashqadaryo mahallasi, minjir qishlog‘i adirlari so‘nggi yillarda qurg‘oqchilikdan quriy boshlagandi. Bu yilgi seryog‘in kunlar tog‘ va unga yondosh adirlarga yashillikni qaytaribgina qolmay chorvadorlarning ko‘nglini xotirjam qilgandi. Biroq bu so‘ngi kunlarda bu yerda kuzatilgan manzaralar dastlab chorvadorlarni, keyinchalik qishloq odamlarini ham xavotirga qo‘ydi. Sababi adirlar chigirtka uyuriga to‘lib, o‘t-o‘lanlar nobud bo‘la boshladi. Aholining bizga murojaat yo‘llashiga ham ayni shu muammo sabab bo‘ldi.


Tog‘ tomon yurarkanmiz, cho‘ponlar qo‘li bilan imlagan tomonga qaraymiz. Atrof millionlab chigirtkaga to‘la. Oddiyroq aytganda qadam bosadigan joyning o‘zi yo‘q. Odamlarning so‘zlariga ko‘ra tog‘dagi o‘t-o‘lanlarni nobud qilib ulgurgan chigirtkalar tobora qishloqqa yaqinlashmoqda. Hozirgacha biror marta kimyoviy ishlov berilmagani ortidan ularning soni har daqiqada ko‘paymoqda deydi ular xavotir bilan.


Keyingi manzilimiz qishloq fermerlarining g‘alla maydonlari bo‘ldi. Bu yerda ham chigirtkalar allaqachon g‘allag‘orga oralab, ularni yeb bitirayotganini ko‘rish mumkin. Mahalliy aholi holat mas’ullar e’tiboriga tushmayotganidan, buning oldi olinmasa tez orada qishloqdagi tomorqalar ham nobud bo‘lishidan xavotirda.


Mahalla mas’ullari avvaliga odamlar bu haqda ularga ma’lum qilishmaganini aytishdi. Keyinchalik murojaat qilgan hududlarda kimyoviy ishlov berilganini ta’kidlab, ular batamom yo‘q qilinganini bildirishdi. Biroq haqiqiy holat buning mutlaqo aksini ko‘rsatib turardi.

Inter raisdan Jo‘raqul Abdullayev, “Qashqadaryo” MFY raisi

Mutaxassislar agarda 1 kvadrat metr maydonda 15 tadan ortiq chigirtka kuzatilsa bu favqulodda holat deb topiladi, degan ma’lumotlarni bildirishdi. Agarda bunga asoslanadigan bo‘lsak, g‘allazor va uning atrofidagi mazkur maydondagi chigirtkalarni sanashning hojati yo‘qdek.


Chigirtkalar qadimdan insoniyatga katta zarar va talafotlar yetkazib kelgan. Mitti ochofat bu hasharot yo‘lida uchragan narsani yamlamay yutaverishini esa minjir dalalarida ham yaqqol ko‘rinib turibdi. Qolaversa, chigirtka balosi ortidan qishloq xo‘jaligi, oziq ovqat xavsizligi mezonlari zarar ko‘rmasdan qolmaydi. Shunday ekan, mazkur holat mas’ullar ayni damdagi vaziyatni inobatga olgan holda chigirtkaga qarshi kechiktirib bo‘lmas choralarni qo‘llashi maqsadga muvofiqdir.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
BRIFING
24-04-2024, 16:34
img
KO ZBO YAMACHILIK KIMGA KERAK?
27-04-2024, 17:41
Оцените работу движка