Yangiliklar

9-MAY: TARIX SAHNASIDA

Поделиться:

Xotira va qadrlash - xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug' fazilatlaridandir.El-yurtning tinchligi, osoyishtaligi va obodligi uchun kurashganlar hamisha xalqimiz ardog'idadir. Ushbu kun munosabati bilan tashkil etilayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning yildan-yilga mazmunan boyib borayotgani, yoshlarimizda asriy qadriyatlarimizga hurmat hissini yuksalib borayotganining ifodasidir. Ana shunday tadbirlardan biri Qarshi shahridagi Turon universitetida ham bo'lib o'tdi. 


Tadbirda, universitet pedagogik jamoasi, talaba yoshlari va bugungi tinch hayotimiz uchun fidokorona xizmat qilgan nafaqadagi harbiylar va jamoatchilik vakillari ishirok etishdi. So'zga chiqqanlar xalqimizning tarix sahifalariga o'chmas harflar bilan bitilgan, urush faxriylari jasorati, mardlik va matonati, oliyjanobligi, mehr-muruvvati va yuksak ma'naviyati, chekkan zahmatli mehnatlari oldida taʼzim qilish, bugungi tinch va osoyishta hayotimizga shukronalar qilish, mustaqillikdek aziz neʼmatning qadriga yetish, uni koʻz qorachigʻimizdek asrab-avaylash lozimligini taʼkidlab oʻtishdi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulugʻ. Oʻtganlarni, ularning hayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, esga olmoq - xalqimizga xos ezgu fazilatdir. Tadbir vatanparvarlik ruhidagi chiqishlar, kuy-qoʻshiqlar bilan talabalarda katta taassurotlar qoldirdi.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
SOATLAB YO'L YURAYOTGAN
15-05-2024, 17:01
img
YOSHLARGA E'TIBOR - KELAJAKKA
11-05-2024, 15:09
img
KASB FIDOYILARI E TIROFDA!
19-04-2024, 18:24
Оцените работу движка