Yangiliklar

SUV USTIDAGI XAVOTIRLAR

Поделиться:

Pishqirayotgan daryo ustidagi mana bu omonat yog‘och qo‘shtirnoq ichidagi ko‘prik. Shu yog‘ochdan o‘tib bolalar maktabga, odamlar u bu yumushlar tufayli harakatlanishga majbur. Dehqonobod tumanining farovon mahallasiga qarashli ko‘lqamish, nayman qishloqlari aholisining har kuni shunday o‘tadi. Necha yillarki, odamlar daryoga qo‘lbola ko‘prik yasaydi, daryo uni oqizib ketaveradi. Dasturimizga yo‘llangan mazkur murojaatni o‘rganish maqsadida yo‘lga chiqarkanmiz, manzilga yetish ham oson bo‘lmadi. Yo‘ldagi har lahzalik xavotir va tahlika mahalliy haydovchilar uchun odatiy holga aylangan. Ular uchun bolalarning daryodan xavsiz o‘tib, maktabga qatnashlari har narsadan ustun turganligi dastlabki suhbatlardanoq angladik. Yog‘och ko‘prikdan yolg‘iz o‘tishning o‘zi vahimali bo‘lib turgan bir paytda bolalarni ko‘tarib daryodan olib o‘tilayotgandagi hisni tuyish uchun ko‘prikka qadam qo‘yamiz. Har lahzada suvga qulash xavfini yo‘l o‘rtasidayoq his qilib yurak orqaga tortadi. Endi shu yo‘sinda maktabga qatnayotgan bolalarning holatini tasavvur qilavering. “Hududdagi 49-umumta’lim maktabi va uning filialiga qatnayotgan bolalarning asosiy qismi daryoning narigi tomonidan keladi”, deydi maktab direktori. Bugun ko‘lqamish va naymanliklar uchun ko‘prik suv va havodek zarur. Nafaqat bolalarning maktabga qatnashi, balki adir ortidagi aholining tibbiy yordam va boshqa ehtiyojlari uchun ham, deydi ular kuyunib. Mahalla mas’ullari ham mazkur muammoga to‘xtalar ekan, hududda aholi erkin harakatlanishi uchun birorta ko‘prik yo‘qligi, borlari ham mana bu kabi yog‘ochdan ekanligini inkor qilmadi. Tuman hokimligi mas’ullari vaziyatga izoh berisharkan, ko‘prik qurish uchun katta mablag‘ zarur bo‘lishi va moliyalashtirish manbalari aniqlangach ushbu hududda ham ko‘prik qurilishi mumkinligini bildirishdi. Mazilda bo‘larkanmiz, daryo suvi kutilmaganda ko‘tarilib, omonat ko‘prikni oqizib ketdi. Ko‘rinib turibdiki, ertaga biror ko‘ngilsizlik bo‘lmasidan muammoga ertaroq yechim topishni vaziyatning o‘zi taqozo etmoqda. O‘ylaymizki, mas’ullar ko‘lqamish va naymanliklarning bu mashaqqatlariga samarali yechim topib, odamlarning uzoq yillik orzulari ushalishini ta’minlaydi.

Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Июль 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
"YOSHLAR SAYLI"
23-04-2024, 16:03
img
"XOTIRA AZIZ - QADR MUQADDAS!"
11-05-2024, 15:04
Оцените работу движка