Yangiliklar

KORRUPSIYA NIMADAN BOSHLANADI?

Поделиться:

Korrupsiya nima? Bu mamlakat yuksalishini ortga surib,  kelajakni xavf ostida qoldiradi. Dunyoda rivojlanish va taraqqiyot yo‘lini tanlagan har bir davlat eng avvalo, ta’magirlik, poraxo‘rlik kabi salbiy illatlarga qarshi murosasiz kurash olib boradi. Aks holda, bunday jirkanch holatlarning tomir otishiga yo‘l berilsa, o‘sha joyda  o'sish boy beriladi. O'zbekneftgaz aksiyadorlik jamiyatida moliyaviy va komplaens nazorat departamenti tashkil etilgan bo'lib, mazkur tizim faoliyati davomida samaradorligini yanada oshirish uchun 2020 yildan bugungi kunga qadar bu soha boshqarma va korxonalarida korrupsiyaga oid qonun buzilish holatlarining oldi olindi. Mazkur jamiyat va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar, zavod - boshqarmalar va neft bazalarda korrupsiyaning oldini olish, bunga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish, kelgusidagi oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan  qator tadbirlar amalga oshirilyapti. Sho'rtan gaz kimyo majmuasi MCHJ korrupsiyaga qarshi va sanksiyaviy cheklovlarni inobatga olib, xorijiy kontragentlar bilan ishlash mavzusida seminar trening tashkil etildi. Muloqotda so'zga chiqqanlar tomonidan ushbu masalaga oid ma'ruzalar tinglandi. Shuningdek, xodimlarga sanksiyalarni tekshirishda ahamiyat berish zarur bo'lgan omillar, axborot topish bilan bog'liq muammolar, ularni bartaraf etish yo'llariga oid maslahatlar berildi. Qonunlarni bilmaslik biror kishini jazodan qutilishiga bahona bo‘lolmaydi. Kimdir bilib, kimdir bilmasdan deganlaridek bunday salbiy illatlarning ko‘chasiga kirib qolganliklarini sezmay qoladilar. Achinarli tomoni shundaki, ayrim nufuzli mansab kursisida o‘tirganlar bila-turib korrupsiyaga, poraxo‘rlikka, tanish-bilishchilikka berilib ketayotgani ijtimoiy hayotimizga jiddiy xavf solmoqda.

Muxbir: Mohinur Turg’unzoda
Montajchi: Shahzod Panjiyev

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
BAHONALAR FOYDA BERMADI
1-06-2024, 16:23
img
"ALDAGANI AYOL YAXSHI"
15-05-2024, 17:00
img
SUD TIZIMI ADOLATLIMI?
29-04-2024, 15:04
Оцените работу движка