Yangiliklar

UCH AVLOD UCHRASHUVI

Поделиться:
Tarix, bugun va kelajakni o'zida mujassam etgan "Uch avlod uchrashuvi" kabi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar el-yurtimiz hayotida go'zal an'anaga aylandi. Qarshi tumanidagi 12-umumiy o'rta ta'lim maktabida ham shunday tadbir bo'lib o'tdi.

O'g'il - qizlar yoshi ulug'larimizdan ko'plab hayotiy saboqlarga ega bo'lishdi. Bunday tadbirni o'tkazishdan maqsad: o'quvchilarni bilimli, salohiyatli bo'lib kamol topishiga, ma'lum bir kasbga qiziqishlarini oshirishga ko'maklashishdan iboratdir.

Mazkur ta'lim dargohida 117 nafar oliy toifali o'qituvchilar, 1460 nafar o'quvchilarga bilim berib kelishmoqda. Ushbu ilm maskani 1968-yil o'z faoliyatini boshlagan. Va shu kunga qadar hudud aholisiga xizmat qilib kelyapti.

Keksalik san'ati yoshlarga to'g'anoq emas, suyanchiq, raqib emas, muallim, befarq emas, hamdard bo'lish demakdir. Nuroniylar bor ekan, yosh avlod vakillari o'rnak olaverishadi.
Muxbir: Mohinur Turg'unzoda
Montajchi: Shahzod Panjiyev

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz
Оцените работу движка