Yangiliklar

"KUYOV" UYDAN MAJBURAN CHIQARILDI

Поделиться:

Eshik ortidagi ayolning baqir -  chaqiridan sizda ham unga nisbatan rahm tuyg‘usi uyg‘ongani rost. Avvaliga bizda ham shunday his uyg‘onmasdan qolmadi. 

Endi asosiy masalaga to‘xtalsak. Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limiga uydan majburiy chiqarish bilan bog‘liq ijro ishi kelib tushganiga bir necha oy bo‘lgan. Biroq har gal uyga noqonuniy o‘rnashib olganlarni chiqarish ana shunday to‘polonlar va boshqa turli bahonalar ortidan ortga surilib kelinardi. 


Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur xonadonning sobiq egasi, uyni qizi va kuyovi uchun xarid qiladi. Biroq qizining turmushi buzilgach, uy boshqa birovga sotib yuboriladi. Qiz ota uyiga qaytadi. Ammo, kuyov uyda qoladi. Keyinchalik, xonadonning yangi egasi kuyovdan uyni bo‘shatishni so‘raydi. Avvaliga rozi bo‘lgan kuyov negadir fikridan qaytib, uydan chiqishni rad qiladi. Hatto, hech qanday mulkka egalik huquqi bo‘lmasa-da, sud orqali negadir uyga kiritib ham qo‘yiladi. 

Bir necha bor ogohlantirishlar berilsa-da, kuyov uyni bo‘shatmaydi. Aksincha, xonadondagi jihozlarni yashirincha talon - toroj qila boshlaydi. 

So‘nggi ogohlantirishdan so‘ng, tayinlangan ijro harakatlari oson kechmadi. Kuyov va uning yaqinlari xonadon eshigini ochmagach, eshik buzilishiga majbur bo‘lindi. Ichkarida bo‘lgan kuyovning yaqinlari esa qarshilik ko‘rsatishda davom etishdi. Hatto byuro xodimlarining telefoniga chang solib, tahdid qilishgacha borishdi. Biroq ijro harakati yakunida ular uyni bo‘shatishga majbur bo‘lishdi. Ta’kidlash kerakki, hech bir shaxs qonuniy asoslarsiz birovning mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas. Shuningdek, janjal uyushtirib maqsadga erishishning ham imkoni yo‘qligini unutmaslik kerak.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
SELDAN OMON CHIQQAN HAYDOVCHI
24-04-2024, 16:33
img
UY QAMOG'I SIM TO'SIQLAR
13-05-2024, 16:46
Оцените работу движка