Yangiliklar

YANGI IXTIRO - YANGI IMKONIYAT!

Поделиться:

Qarshi tumani Qovchin qishlog’ida istiqomat qiluvchi Shahboz 26 yoshda. 

Uning yoshlikdagi turli texnikalarga bo’lgan qiziqishi yaroqsiz avtomashina qisimlaridan foydali avtomashina yaratishiga sabab bo’ldi. Shahbozning bu galgi ixtirosi esa yerni haydash va ko’p og’ir bo’lmagan yukni ko’tarishga mo’ljallangan.


Hamyurtimiz Shahboz tamonidan ixtiro qilingan ushbu avtomashina asosan qishloq xo’jaligi ishlarida foydalaniladi. Ma’lumot uchun ushbu yuk avtomashinasi 500kg hamda 1 tonnagacha yukni ko’tara oladi.


Suhbatdoshimiz bu qurilmani yasash uchun 1.5 yil vaqt sarflaganini aytmoqda. Oilada otasi va o’zi yashagani uchun uy ishlari, ro’zg’or tashvishlari sabab jarayonlar ancha uzoq muddatga cho’zilgan.


Lavhamiz qahramoni hayot tashvishlari sabab ko’p og’ir mehnatga qo’l urganman. Shu sababli ham o’zim va atrofimdagi insonlari og’irini yengil qilish maqsadida bu ixtiro qilinganini aytmoqda. Shuningdek moddiy yetishmovchilik va o’sha vaqtda otasi betobligi uchun oliy ta’lim muassasiga to’lov-kontrakti asosida o’qishga ham qabul qilingan. Biroq o’qishni ham davom ettira olmagan.


Shahbozning hayotdagi motivatori bu uning otasi har qanday vaziyatda ham uni qo’llab quvvatlaydi. Ixtiro qilingan manabu avtomashinaning ham qo’shimcha jixozlarini topishda uning otasi ko’makchi bo’lgan.


Xullas Qarshi tumanlik tengqurimiz hali kelgusida ko’plab yangi kashfiyotlar qilish istagida. Ulardan biri bu avtomashinani elektr quvvati yordamida harakatlanishdir. Agarda otasi va’da qilgan ustaxona tezroq bitsa jarayonlar yanada tezlashadi.


Muxbir: G’olib Amirov

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz
Оцените работу движка