Yangiliklar

28 NAFAR ISHSIZLAR TIKUV MASHINALIK BO'LDI

Поделиться:

Bekorchilikka va ishsizlikka barham berish,  20 ta tashkilot va 471 ta bo'sh ish o'rinlari... Bularning barchasi o'tkazilgan tadbirda o'z aksini topdi. Qarshi shahridagi 4ta sektor rahbarlari hamda kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi hamkorligi bilan bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Hududdagi ishga marhamat Mono markazida o'tkazilgan mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, otaliqqa olingan yoshlar, ishsiz yurganlar bandligini ta'minlashdan iborat. Bunda Qarshi shahridagi 64 ta mahallalardan 365 nafar fuqarolar ishtirok etishdi. 35 kishiga tashkilot va korxonalar tomonidan taqdim etilgan bo'sh o'rinlarga yo'llanmalar berildi. 28 nafar ishsiz xotin-qizlarga esa subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi. Ana shunday bo'sh ish o'rinlari yarmarkalari orqali ko'plab insonlarga ko'mak berilmoqda. Bu esa o'z navbatida ro'zg'orlarining  kam-ko'stini to'ldirishlaridan, Yangi O'zbekistonda inson qadri ulug' ekanligidan darak beradi.


Muxbir: Mohinur Turg’unzoda
Montajchi: Shahzod Panjiyev

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
SUV USTIDAGI XAVOTIRLAR
1-06-2024, 15:22
img
XAVF BARTARAF ETILMOQDA
13-05-2024, 16:41
img
KITOB - ALBOM TAQDIMOTI
6-06-2024, 16:33
Оцените работу движка