Oilaviy janjal. Odatda, “Er-xotinning urushini doka ro‘molning qurishi”ga qiyoslashadi. Ammo, mazkur videomurojaatdagi holatda doka ro‘mol qurimaganini ko‘rish mumkin. Nishon tumanining Jalajin mahallasida yashovchi 4 nafar farzandning onasi turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklanishi oqibatida, 27-may kuni respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga olib kelinadi. O‘sha paytda, unga og‘ir shikast yetkazish tashxisi qo‘yilib jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Aynan ushbu vaziyat yuzasidan dasturimizga murojaat qilgan ayolning yaqinlari unga bosim qilinayotgani va vaziyatni yashirishga urinish bo‘layotganini bildirarkan, tafsilotlarni ochiqlash va vaziyat bilan yaqindan tanishish maqsadida jabrlanuvchi yashab kelgan xonadonda bo‘ldik. Bizga berilgan ma’lumotlarga ko‘ra ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklanib shu holga keltirilgan. Biroq ikkinchi tomon bunday emasligini, aksincha uning ehtiyotsizlik oqibatida yiqilib jarohatlanganini ma’lum qilishdi. Shifoxonada dastlab yiqilganini bildirgan ayolga guvohlik bergan ovsini ham avvaliga o‘z so‘zini tasdiqlab turdi. Keyin esa hech narsani ko‘rmaganini bildirdi. Oila mahallada notinch oilalar ro‘yxatida turishini ma’lum qilgan mahalla mas’ullari bunday holat birinchi marta bo‘lmaganini erning ichkilikka ruju qo‘ygani ortidan xotiniga tazyiq o‘tkazib kelishini ta’kidladi. Shuningdek, ayolga qonuniy himoya orderi olib berishga harakat bo‘lganini, ammo ayolning o‘zi bunga rozi bo‘lmaganini ham bildirib o‘tishdi. Biz kuyovning o‘zi bilan ham suhbatlashishga harakat qildik. Biroq, uni topishning imkoni bo‘lmadi. Hozirda ayol shifoxonada. Yaqinlari qonun ustuvorligi ta’minlanishidan umidvor. Bugun oilaviy zo‘ravonliklarga chek qo‘yish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiqlarga barham berish borasida mustahkam huquqiy mezonlar hayotga tatbiq etib kelinmoqda. O‘ylaymizki, mazkur vaziyatda ham haqiqat qaror topib, qonun ustuvorligi ta’minlanadi.
Montajchi: Shavkat Aminov
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |